Bo'lim zamonaviy minimal invaziv - videolaparoskopik jarrohlik davolash usullaridan foydalangan holda qorin bo'shlig'i va tos a'zolarining xavfli va xavfsizli kasalliklarini diagnostika va davolashga ixtisoslashgan.
Bo‘lim jigar, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezining o‘smalarini aniqlash, davolash va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarishga ixtisoslashgan.
Mazkur bo‘limda sut bez saratoni va saraton oldi kasaliklarini kompleks va kombinirlashgan usulda - ximio terapiya, target terapiya, immuno terapiya, gormon terapiya davo usullari о‘tqaziladi.
Mazkur bo‘limda ayollar jinsiy a’zolarining xavfli va xavsiz o‘sma kasalliklarini zamonaviy usullari bilan aniqlash va jarrohlik, kimyoviy yo‘li bilan davolash amalga oshiriladi.
Bo‘limda IV bosqichdagi onkologik bemorlarga faol maxsus davolash amalga oshiriladi.
Mazkur bo‘limda meda taloq qorin boshligi va qorin parda orti soxasi o‘sma kasalliklarini zamonaviy tashxishlash ochiq va laparoskopik aparatlar yordamida zamonaviy davolash usullari amalga oshiriladi
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yangi yil barchamizga eng avvalo mustahkam sog‘lik, xotirjmlik va uzoq umr olib kelsin.
Sog‘lom hayot — eng katta boylik, uni asrash esa har birimizning qo‘limizda.
O‘tgan yil davomida sizning ishonchingiz va duolaringiz bizga kuch bag‘ishladi.
Yangi yilda har biringizni sog‘lom, bardam va hayotdan mamnun holda ko‘rishni tilayman. Kasalliklar sizdan yiroq bo‘lsin, qalbingiz tinch, kunlaringiz yorug‘ bo‘lsin.
Yangi yil har bir xonadonga fayz-baraka, mehr-oqibat va quvonch olib kelsin. O‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshadigan, baxt va omadga boy yil bo‘lishini tilayman. Yangi yil muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kaya Sedat
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Президент Шавкат Мирзиёев 10 декабрь куни коррупцияга қарши курашиш, комплаенс назоратини такомиллаштириш ва рақамлаштириш бўйича амалга оширилаётган ишлар ҳамда келгусидаги режалар тақдимоти билан танишди.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, hamda uning hududiy filiallari o‘rtasida navbatdagi rejali videokonferensaloqa (VKS) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, markazning ilmiy, klinik va diagnostik yo‘nalishlardagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.