Shifoxona Qoidalari

Hurmatli bemorlar va tashrif buyuruvchilar!

Har bir bemorning davolash jarayonini xavfsiz davom ettirishi, shifoxona ichida muntazam va nazoratli muhit yaratilishi, tibbiyot xodimlarining yanada samarali va unumli ishlashi, gigiyena va tozalik qoidalariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida bemorlar va tashrif buyuruvchilarimiz uchun quyidagi tartiblar belgilangan.

Tashrif (ko'rish) vaqtlari

Bemorlarni ularning yaqinlari tomonidan ko’rish uchun kelish vaqtlari quyidagicha belgilangan:

Kunlar Kunduzgi Kechki
Dushanba - Juma 13:00 - 14:00 19:00 - 20:00
Dam olish va bayram kunlari 09:30 - 11:00 17:00 - 20:00

⚠️ Eslatma: Bemor yoki tashrif buyuruvchi uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holatlarda tashrif doktor ruxsatiga bog'liq.

Chekish qat'iyan taqiqlangan

Davlat muassasalarida va yopiq joylarda chekish taqiqlanganligi sababli, shifoxonamiz ichida mutlaqo chekilmasligi kerak.

Oziq-ovqat va ichimliklar

Bemorlarimizning salomatligi (parhezli ovqatlanish, dori-oziq-ovqat o'zaro ta'siri va h.k.) sababli, shifoxonaga tashqaridan oziq-ovqat va ichimliklar doktor va hamshiraning xabardorligi ostida olib kelinishi kerak.

Bolalar tashrifi

Shifoxonaga 10 yoshdan kichik bolalar tashrif buyuruvchi sifatida qabul qilinmaydi. Biroq, shifokorning xabardorligi ostida ruxsat berilishi mumkin.

Bemor yaqinlari (hamrohlar)

  • Bemor yonida zarurat tug'ilganda faqat bitta bemor yaqini qolishi mumkin.
  • Bemor va unga hamrohlik qiluvchilar bo‘lim navbatchi hamshiralarining ruxsatisiz bo‘limdan tashqariga chiqmasliklari shart.

Qimmatbaho buyumlar

Shifoxonamizda bo'lgan vaqtingizda qimmatbaho buyumlaringiz (oltin, pul va hokazo) ni saqlash sizning zimmangizdadir. Shu sababli, har qanday qimmatbaho buyumlaringizni avvalo o'z yaqinlaringizga topshirishingiz lozim. Yo'qolgan qimmatbaho buyumlaringiz uchun shifoxonamiz mas'ul emas.

Zarur hujjatlar

Shifoxonada zarur hollarda foydalanish uchun rasmiy shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (masalan, pasport yoki haydovchilik guvohnomasi) o'zingiz bilan olib keling.

Tozalik va tartib qoidalari

  • Keraksiz yonib turgan chiroqlar va ochiq qolgan jo'mraklarni yopishga e'tibor qarating.
  • Xonalarimizda mavjud bo'lgan mahsulotlardan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.
  • Bemor xonalari va derazalardan pastga kir-kiyimlarni osmang, axlat tashlamang.
  • Bemor xonalarini tozalash paytida, hamrohlik qiluvchilar tozalik xodimlariga halaqit bermasliklari zarur.
  • Bemorlar xonasidagi deraza oldiga buyumlaringizni qo'ymang. Buyumlaringizni xonangizdagi shaxsiy shkaflaringizda saqlang.
  • Bemorlar xonasidagi hammom va yuvingichlarni toza ishlating.

Elektr jihozlari va boshqaruv

Tashqaridan elektr jihozlarini olib kirmang:

  • ❌ Suv isitgichlar
  • ❌ Soch quritgich
  • ✅ Mobil telefon va quvvatlash moslamalari (ruxsat berilgan)

Xonalarimiz va yo‘laklarimizda joylashgan konditsionerlarni boshqarish tugmalaridan foydalanish uchun shifoxona xodimlaridan yordam so‘rang.

Yotoq choyshab to'plamlari

Shifoxonamizga kelayotganingizda uyingizdan yotoq choyshab to'plamlarini olib kelmang. Bu ehtiyojlaringiz shifoxonamiz tomonidan ta'minlanadi.

Murojaat va takliflar

  • Shifoxona faoliyati va tartibi bilan bog‘liq har qanday savol va muammolaringiz uchun hamshirangizga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Xizmatlarimiz yuzasidan fikr-mulohaza, taklif va mamnuniyatingizni quyidagi usullar orqali bildirish mumkin:
    • 📋 Bemorlar huquqlari bo‘limiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish
    • 📮 Fikr-taklif qutilari orqali
    • 🌐 Shifoxonamiz veb-sayti orqali