“Onkologik kasalliklarni davolashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida O‘zbek–Turk xalqaro simpoziumi
2026-yil 15–17-yanvar kunlari Markazda “Onkologik kasalliklarni davolashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida O‘zbek–Turk xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur xalqaro tadbir doirasida Turkiyaning Sakariya universiteti klinikasidan turli tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha 14 nafar yetakchi mutaxassis tashrif buyuradi. Ular safida 6 nafar professor, 6 nafar dotsent mavjud bo‘lib, ularning boy klinik va ilmiy tajribasi simpozium ishiga katta hissa qo‘shadi.
Simpozium davomida:
10 dan ortiq yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari zamonaviy tibbiy usullar asosida amalga oshiriladi;
onkologiya sohasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 10 ta ilmiy ma’ruza taqdim etiladi;
Bemorlar xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tadbir dasturi:
15-yanvar — xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar;
16-yanvar — bemorlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi va maslahatlar berilishi;
17-yanvar — xalqaro ilmiy-amaliy simpozium.
Mazkur simpozium onkologik kasalliklarni aniqlash va davolashda ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya mutaxassislari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
