17 Sen 2026
Shaffoflikni ta'minlash uchun bemorlar o'rtasida anonim so'rovnoma o'tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va tibbiy xizmatlarda shaffoflikni ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo'limi bemorlar o'rtasida anonim so'rovnoma o'tkazdi.
Muassasada korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda tibbiy xizmatlar ko'rsatish jarayonida shaffoflik va xolislikni ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo'limi tomonidan bemorlar o'rtasida anonim so'rovnoma o'tkazildi.
So'rovnomada bemorlarning tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi, tibbiyot xodimlarining muomala madaniyati, xizmat ko'rsatish sifati, korrupsion holatlarga duch kelgan yoki kelmaganligi hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflari o'rganildi. So'rovnoma anonim tarzda tashkil etilgan bo'lib, unda ishtirok etgan bemorlarning shaxsiy ma'lumotlari talab qilinmadi.
Olingan javoblar tahlil qilinib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish uchun foydalaniladi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, bemorlarning murojaatlari, taklif va mulohazalari umumlashtirildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.