4 Sentabr 2026
PhD ilmiy izlanuvchilari diqqatiga: Malakaviy imtihonlar o’tkazilishi ma’lum qilinadi

Hurmatli rahbar xodimlar, ilmiy rahbarlar va tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda OAK Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan navbatdagi malakaviy imtihonlar o‘tkaziladi. Imtihonlar onkologiya va klinik radiologiya ixtisosliklari bo’yicha bo’lib o’tadi.
📅 Imtihon sanasi va vaqti:
- Sana: 2026-yil 18-sentyabr.
- 14.00.14 – Onkologiya: soat 09:00 da.
- 14.00.19 – Klinik radiologiya: soat 11:00 da.
- Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Avtomobil halqa yo’li ko’chasi, 14a-uy. Markazning 3-qavati, kichik konferensiya zalida.
📄 Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati: Hujjatlar to’plami to’liq holda Ilmiy kotib M.X. Ismailovaga onlayn taqdim qilinishi lozim:
- Ariza (aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilgan holda).
- ID karta yoki pasport nusxasi.
- Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash bayonnomasi yoki OAK byulletenidan nusxa.
- Boshqa muassasa izlanuvchilari uchun – yo‘llanma xat (direktor o’rinbosari O.A. Xalmurzaev nomiga).
- Mustaqil izlanuvchilikka yoki tayanch doktoranturaga qabul qilinganlik haqidagi buyruq.
- Annotatsiya (ilmiy rahbar va talabgor tomonidan imzolangan).
- Tasdiqlangan 3.4-shakl.
- Bakalavr hamda magistratura/klinik ordinatura diplomlari nusxasi.
⏳ Hujjatlar qabuli: 2026-yil 15-sentyabr soat 16:00 ga qadar davom etadi.
⚠️ E’tibor uchun muhim:
- Talabgorlar imtihonga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida kiritiladi.
- Imtihon videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va hisobotlari rahbariyatga taqdim etiladi.
- Vaqtida sababsiz kelmagan talabgorlar belgilangan tartibga muvofiq chetlashtirilishi haqida ogohlantiriladi.
