Bo‘lim mudiri:

Mansurova Guli Baxadirovna. – radioterapevt, oliy toifali shifokor

Asosiy yo‘nalishlar:

O‘sma kasalliklari uchun nur terapiya apparat vositalari bilan davolashni amalga oshirish, individual davolash sxemalarini tanlash, nojo‘ya ta’sirlarni nazorat qilish, qo‘llab-quvvatlovchi nurterapiya.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar:

– Statsionar va ambulator nur terapiya;
–  Tashqi nur terapiya va braxiterapiya;

– Jarrohlik ( SRS va SRT) va nur terapiyasi bilan kombinatsiyalashgan davolash.

Zamonaviy yondashuvlar:

Xalqaro klinik protokollardan foydalanish.

O‘rinlar soni:

33 O‘rinlar

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 1500 dan ortiq bemorga nur terapiya ( tashqi nur terapiya va braxiterapiya kurslari o‘tkaziladi .

Qo‘shimcha ma’lumot:

Bo‘lim xalqaro klinik sinovlarda ishtirok etadi, laboratoriyalar bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan multidisiplinar yondashuvni qo‘llaydi. Bo‘lim nafaqat davolashga, balki bemorlarni to‘liq tiklashga va ularning turmush sifatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratadi. Ushbu yondashuv kasallikning qaytalanish xavfini kamaytiradi. Klinika shifokorlari xalqaro ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib boradilar. Bu esa ularga eng zamonaviy davolash usullarini amaliyotga joriy etish imkonini beradi. Bemorlarning xavfsizligi va qulayligi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan. Barcha diagnostika jarayonlari yuqori aniqlikdagi texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Bo‘limning barcha xodimlari, jumladan, hamshiralar ham maxsus xalqaro sertifikatlarga ega. Bu esa kadrlarning kasbiy darajasini va tibbiy xizmat sifatini kafolatlaydi. Shuningdek, bo‘limda og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarni parvarishlash uchun alohida palatalar mavjud.