Bo`lim ilmiy rahbari: t.f.n. Abdikarimov Xurshidjon Ganjiyevich

Bo‘lim mudiri: Davletov Rasul Rahimberdiyevich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘lim tana yumshoq to`qima, suyak, teri o‘smalarini aniqlash, davolash va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarishga ixtisoslashgan. Davolash jarayoni multidisiplinar yondashuv  asosida — onkojarroh, radiolog, rentgenolog, qon tomir jarrohi, neyroxirurg va kimyoterapevtlar bilan birga olib boriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

  • Teri oʼsmasini kesib olish, terining retsidiv yoki metastatik oʼsmasini kesib olish
  • Teri oʼsmasini kesib olish va erkin teri plastikasi bilan
  • Dyuken operatsiyasi
  • Melnikov operatsiyasi
  • Qoʼltiq osti limfadenektomiyasi
  • Erkin teri plastikasi yordamida jarroxlik amaliyotidan keyingi defektni bartaraf etish
  • Yumshoq toʼqima oʼsmasini kesib olish
  • Yumshoq toʼqima retsidiv oʼsmasini kesib olish
  • Metastatik oʼsmani kesib olish
  • Oʼsmani kesib olish tomirlarni protezlash bilan, oʼsmani kesib olish va xosil boʼlgan defektni Qon tomir loskuti boʼlgan loskut bilan qoplash
  • Osteotomiya bilan ekskoxleatsiya
  • Suyak chekka rezektsiyasi
  • Qovurgʼa rezektsiyasi
  • Toʼsh suyagi rezektsiyasi
  • Oʼmrov suyagi rezektsiyasi
  • Kurak suyagi rezektsiyasi
  • Skapulektomiya
  • Yelka suyagi rezektsiyasi autoplastika bilan
  • Tovon suyagi rezektsiyasi
  • Chanoq suyaklari rezektsiyasi va dumgʼaza rezektsiyasi
  • Kichik boldir suyagi rezektsiyasi, suyak segmentar rezektsiyasi, oʼsma ekskoxleatsiyasi
  • Suyak segmentar rezektsiyasi speyser oʼrnatish bilan
  • Bloklovchi intramedulyar osteosintez oʼrnatish
  • Gamma shtift oʼrnatish
  • Suyak repozitsiyasi metall osteosintez bilan
  • Oʼsma ekskoxleatsiyasi + kriodestruktsiya + sementoplastika
  • Oʼsma ekskoxleatsiyasi + kriodestruktsiya + sementoplastika + metall osteosintez
  • Oʼsma ekskoxleatsiyasi sementoplastika bilan
  • Ekskoxleatsiya va autoplastika
  • Yelka boʼgʼimini endoprotezlash
  • Tirsak boʼgʼimini endoprotezlash
  • Chanoq suyaklari rezektsiyasi va rekonstruktsiyasi
  • Chanoq suyaklari rekonstruktsiyasi
  • Chanoq son boʼgʼimini endoprotezlash
  • Tizza boʼgʼimini endoprotezlash
  • Boldir – tovon boʼgʼimini endoprotezlash
  • Suyak diafiz qismini endoprotezlash
  • Bilak – kaft boʼgʼimini endoprotezlash
  • Endoprotezni olib tashlash va qayta endoprotez oʼrnatish
  • Endoprotez rekonstruktsiyasi
  • Suyak segmentar rezektsiyasi va intramedulyar shtift oʼrnatish
  • Kuraklar aro koʼkrak rezektsiyasi yoki kuraklar aro koʼkrak aputatsiyasi
  • Umurtqa oʼtkir oʼsigʼi rezektsiyasi, umurtqa yon oʼsiqlari rezektsiyasi
  • Sternumektomiya
  • Dumgʼaza rezektsiyasi
  • Kompyuter tomografiya nazorati ostida birlamchi va metastatik umurtqa pogʼonasi oʼsmalaridan trepan biopsiya olish
  • Orqa miya kompressiyasi bilan kechuvchi umurtqa pogʼonasi birlamchi va metastatik oʼsmalarida dekampression laminektomiya jarroxlik amaliyotini oʼtkazish
  • Son suyagi xavfli oʼsmalarida suyakni toʼliq olib tashlash va total endoprotezlash jarroxlik amaliyoti oʼtkazish

Zamonaviy texnologiyalar:

  • Suyak va yumshoq to’qima o’smalarida arteriya ichi kimyoterapiyasi
  • Teri melanomalarida zamonaviy immunoterapiya
  • Suyak o’smalarida KT ma’lumotlariga asosan 3D jarrohlik amaliyotlarini rejalashtirish
  • Suyak va yumshoq to’qima o’smalarida KT, rentgen, ultratovush nazorati ostida trepan biopsiyalar
  • Teri, yumshoq to’qima va suyak o’smalarida rekonstruktiv – tiklash va plastik jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish

O‘rinlar soni:

33 – o‘rinli

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shulardan 90% dan ortig’i a’zo saqlovchi va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotllaridir.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari Tayanch harakat tizimi onkologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Suyak, yumshoq to`qima va teri o‘smalarida davolash natijalarini baholash, Neoadyuvant va adyuvant terapiya samaradorligini o‘rganish. Operatsiyadan keyingi asoratlar bo‘yicha statistik tahlillar. Rekonstruktiv – yuqori texnologik jarrohlikning zamonaviy usullarini joriy etish. Xalqaro ilmiy loyihalarda va konferensiyalarda faol ishtirok etadi. Ilmiy maqolalar va tezislarni chop etadi. Yosh mutaxassislar, ordinatorlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.