Bo‘lim rahbari:

Islamov Xurshid Djamshidovich t.f.n. oliy toifali shifokor

Bo‘lim mudiri:

Matniyazova Shakar Yakubovna, oliy toifali shifokor

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Mazkur bo‘limda yо‘g‘on va tо‘g‘ri ichak o‘sma kasalliklarini zamonviy diagnostikasi va ochiq va laparaskopik turdagi jarrohlik yo‘li bilan davolash amalga oshiriladi

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

-О‘ng tomonlama gemikolektomiY.

-kо‘ndalang chambar ichak rezeksiyasi

-chap tomonlama gemikolektomiya

-sigmasimon ichak rezeksiyasi

-tо‘g‘ri ichakning oldingi pastki rezeksiyasi

-tо‘g‘ri ichakning sinxron ikki brigadali qorin oraliq ekstripatsiyasi

-xar-xil turdagi stomalarni qо‘yish

-о‘smani transanal rezeksiyasi.

-Xar-xil turdagi anastamozlar qо‘yish

-Rekonstruktiv tiklash operatsiyalari

Zamonaviy texnologiyalar:

-Laparoskopik va endoskopik jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

-operatsiyalarni rejalashtirishda raqamli vizualizatsiya va sun’iy intellekt       

 texnologiyalaridan foydalaniladi.

O‘rinlar soni: 33 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar: bir yilda 300 ga yaqin xar-xil turdagi oppearsiyalar bajariladi, shulardan 75% a’zo saqlovchi operatsiyalar bajarilgan. Bо‘limda yiliga 1220 ta umumiy xisobda davo muolajalarini qabul qilgan.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari onkokoloproktologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi. Bо‘limimizda Amerika Qо‘shma Shtatining AVERTO Medical klinikasi bilan birgalikda xalqaro tadqiqot о‘tkzilmoqda. Bunda tо‘g‘ri ichak saratoni о‘rta ampulyar qismida joylashgan о‘smalarda operativ davodan keyin bemorlarga ultra pastki sigma-rektal anastamoz soxasidan 15 sm yuqoriga ColoSeal ™ ICD tibbiy jixozini о‘rnatishdan iborat. RIO va RIATM koloproktologiya bо‘limida xozirgi kungacha 38 ta bemorga shu tibbiy jixoz о‘rnatilgan, bemorlar umumiy axvoli qoniqarli.