Bo‘lim mudiri:

laboratoriya mudiri

Asosiy yo‘nalish:

Laboratoriyada onkologik hastaliklarni erta tashxislash va davolash natijalari samaradorligini belgilovchi genlar mutatsiyalarini  qon va o‘sma

to‘qimalarida tekshirish taxlillari o‘kaziladi.

Asosiy tadqiqot turlari:

  • O’sma xujayralaida onkogenlar mutatsiyalarini molekulyar-genetik tahlillari
  • Yuqori onkogen xavfli odam papilloma virusi va uning genotiplari taxlili
  • Ko‘krak bezi va tuxumdon o’smasiga irsiy moyillik xavfini belgilovchi BRCA 1 va BRCA2 genlari mutatsiyasi taxlilil
  • Target dori vositalari bilan davolash uchun zarur bo’lgan genlar mutatsiysi
  • Jinsiy yo’l bilan yuqadigan va urogenital infeksiya qo,zgatuvhilarini molekulyar – genetic taxlillari.
  • Gepatit B va C viruslari mavjudligi va genotiplarini molekulyar – genetic taxlillari

Texnik jihozlanish:

  • Zamonaviy PZR va Real vaqt PZR jihozlari
  • ThermoFisher kompaniyasining Senger sekvenatori
  • Yuqori texnologik keying avlod sekvenatori (NGS)  

Yillik yuklama:

Yiliga o‘rtacha 2000 ortiq tahlil o‘tkaziladi.

Davolash jarayonidagi o‘rni:

Molekulyar – genetic laboratoriya onkologiya markazining barcha bo‘limlari faoliyati uchun muhim diagnostik tahlillarni amalga oshiradi. Bu markazimizga murojaat etgan bemorlarga to’g‘ri tashxis qo’yish va samarali davolashga asos bo’ladi. Zamonaviy onkologiyada faqatgina kasallik turini emas, balki o‘smaning genetik profilini aniqlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Laboratoriya DNK va RNK tahlillari orqali saratonning rivojlanishiga sabab bo‘lgan spesifik mutatsiyalarni aniqlashga ixtisoslashgan. Bu esa shifokorlarga target terapiya (maqsadli davolash) uchun eng mos preparatlarni tanlash imkonini beradi. Natijada, davolash samaradorligi sezilarli darajada oshadi, va bemorlarning sog‘lom to‘qimalariga minimal zarar yetkaziladi. Shuningdek, laboratoriya ma’lumotlari kasallikning qaytalanish xavfini baholashda va bemorning uzoq muddatli prognozini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Personalizatsiyalashgan tibbiyot tamoyillarini joriy etishda Molekulyar-genetik laboratoriya asosiy tayanch vazifasini bajaradi, bu esa bemorlarimizga yuqori sifatli, individual yondashuvni ta’minlaydi.