Bo‘lim mudiri:
Rahimov Oqiljon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Bo’lim zamonaviy minimal invaziv – videolaparoskopik jarrohlik davolash usullaridan foydalangan holda qorin bo’shlig’i va tos a’zolarining xavfli va xavfsizli kasalliklarini diagnostika va davolashga ixtisoslashgan.
Bajariladigan operatsiyalar turlari:
Qorin bo’shlig’I va kichik toz a’zolarda laparoskopik va ochiq amaliyotlar.
Zamonaviy texnologiyalar:
laparoskopik radikal amaliyotlar, laparoskopiya yordamida qorin bo’shlig’I a’zolardan turli hil biopsiyalar, operatsiyalarni dunyo standartlarga mos va zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniladi.
O‘rinlar soni:
30 o‘rin
Yillik ko‘rsatkichlar:
Yiliga 300 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shundan 90% dan ortig‘i – laparoskopik yoki a’zoni saqlovchi yo‘nalishdagi operatsiyalar.
Ilmiy va o‘quv faoliyati:
Bo‘lim mutaxassislari barcha onkologiya yo‘nalishida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib boradi, bu esa davolash usullarini doimiy ravishda takomillashtirishga xizmat qiladi. Ular xorijiy va respublika miqyosidagi nufuzli konferensiyalar va simpoziumlarda faol ishtirok etadi, bu orqali jahon onkologiyasining eng so‘nggi yutuqlari bilan tanishadilar. Olingan bilimlarni amaliyotga tezkor joriy etish uchun muntazam ravishda klinika ichida seminar va mahorat darslari o‘tkaziladi. Bo‘limning muhim vazifalaridan biri — yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etish va ularga mentorlik qilishdir, bu jarayon kelajak kadrlar tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mutaxassislar ilg‘or diagnostika va minimal invaziv jarrohlik usullarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro hamkorlar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshiradi. Ular nafaqat davolash, balki onkologik kasalliklarni oldini olish va erta aniqlash bo‘yicha ham aholi orasida ma’rifiy ishlarni olib boradi. Shunday qilib, bo‘lim ilmiy izlanish, ta’lim va amaliyotni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirib, markazning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shmoqda
