Bo‘lim mudiri:

Xusanboyev Nuriddin Abdujabborovich – bo’lim mudiri, transfuziolog, anesteziolog reanimatolog.

Asosiy yo‘nalish:

Ekstrakorporal gemo-immunokorreksiya bo’limida markazda davolanayotgan bemorlar uchun ko’rsatma bo’lganda qon va qon maxsulotlarini etkazib berish, saqlash va quyish xamda jigar etishmovchiligi, miostenik sindromi va ximioterapiyadan keying intoksikatsiyalarda bemorlarga eng zamonaviy usul va texnikalarda malakali PLAZMAFEREZ muolajasi o’tkaziladi. Tez kunlarda bemorlarda suyak iligini ko’chirib o’tqazish amaliyotlarida o’zak hujayralarni ajratib olish, saqlash va bemorga quyish amaliyotlari va buyrak etishmovchiligi bo’lgan bemorlarda GEMODIALIZ muolajasini o’kazish yo’lga qo’yiladi.

Asosiy tadqiqot turlari:

  • Qon va qon maxsulotlarini etkazib berish, saqlash va quyish,
  • Plazmaferez seansini o’tkazish,
  • O’zak hujayralarni ajratib olish, saqlash va bemorga quyish amaliyotlari,
  • Gemodializ seansini o’tkazish,

Texnik jihozlanish:

  • zamonaviy qon va qon maxsulotlarini saqlash uskunalari,
  • Plazmaferez va O’zak hujayra ajratib olish uchun zamonaviy texnika “Spectra Optia” ,
  • Gemodializ muolajasi o’tkazish uchun eng zamonaviy “Fresenius” texnikasi

Yillik yuklama:

Yiliga o‘rtacha 800 litr qon va qon maxsulotlarini markazdagi bemorlar uchun etkazib beriladi va 100-120 plazmaferez muolajalarini o’tkazadi.

Davolash jarayonidagi o‘rni:

Ekstrakorporal gemo-immunokorreksiya bo’limi markazning barcha bo‘limlari uchun muhim hissoblanib animiya va qon ketishi kuzatilayotgan bemorlarda malakali tibbiy yordam ko’rsatishda,  jigar etishmovchiligi, miostenik sindromi va ximioterapiyadan keying intoksikatsiyalarda bemorlarga eng zamonaviy usul va texnikalarda malakali plazmaferez, gemodiz muolajalari o’tkaziladi. Bu shu muolajalarga muxtoj bo’lgan bemorlar uchu muxim ahamiyat kasb etadi.