Bo‘lim rahbari: t.f.d. Xasanov Akbar Ibragimovich

Bo‘lim mudiri: Shukurov Zohir Ibragimovich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘limda bosh-bo’yin a’zolari – qalqonsimon bez, so’lak bez, til, lunj, yuqori jag’, pastki jag’, xiqildoq, xiqildoq-xalqum, og’iz-xalqum, burun-xalqum, burun va burun yondosh bo’shlig’Iari, quloqning tashqi eshituv yo’li, yumshoq to’qima va teri o‘smalari tashxisi hamda jarrohlik davosi amalga oshiriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

-Tireoidektomiya

-Parotidektomiya

-Laringektomiya

-Boʻyin soxa limfodisseksiyalari

-Yuqori jag’ rezeksiyalari

-Pastki jag’ rezeksiyalari

-Bosh-boʻyin soxasida rekonstruktiv-plastik jarroxlik amaliyotlari

-Xiqildoq oʻsmalarini CO-2 lazer orqali kesib olish

-Burun va burun yondosh boʻshliqlari oʻsmalarini ochiq yoki endoskopik usulda kesib olish

-Bosh bo’yin soxa yumshoq to’qima va teri o’smalarini kesib olish.

Zamonaviy texnologiyalar:

  • O’zbekisonda yagona CO2 lazer yordamida xiqildoq va xiqildoq-xalqum soxada jarrohlik amaliyotlar
  • Burun va burun yondosh bo’shliqlarida endoskopik jarrohlik amaliyotlar,
  • Mikroxirurgik usulda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotlar.

O‘rinlar soni:

33 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shundan 60% dan ortig‘i – yuqori texnologik operatsiyalar.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari aynan bosh-bo’yin soxa onkologiyasi yo‘nalishida chuqur ilmiy izlanishlar olib boradi, bu esa ushbu murakkab sohadagi saraton kasalliklarini diagnostika qilish va davolashning eng ilg‘or usullarini joriy etishga xizmat qiladi. Ular o‘z tadqiqotlarida organ saqlovchi jarrohlik amaliyotlari, rekonstruktiv plastika va radioterapiya usullarining kombinatsiyasini optimallashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Mutaxassislar xorijiy va respublika miqyosidagi nufuzli konferensiyalar va ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib, jahon tajribasi bilan muntazam tanishib boradilar. Olingan ilg‘or bilimlarni amaliyotga tezkor tatbiq etish maqsadida klinika ichida doimiy ravishda seminar va mahorat darslari tashkil etiladi. Bo‘limning muhim vazifalaridan biri — yosh jarrohlar uchun maxsus o‘quv amaliyotlarini tashkil etish va ularga mentorlik qilishdir, bunda rekonstruktiv va funksional natijalarni ta’minlovchi zamonaviy texnikalarga urg‘u beriladi. Shuningdek, ular bosh-bo‘yin soxasi kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skrining dasturlari va profilaktik tadbirlarni ham faol olib boradi. Bu kompleks yondashuv bo‘limga o‘z sohasida yetakchi bo‘lishga va bemorlarga yuqori sifatli yordam ko‘rsatishga imkon beradi.