Onkoginekologiya bo‘limi

Bo‘lim nomi:

ONKOGINEKOLOGIYA BO‘LIMI

Bo‘lim rahbari:

Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim

Bo‘lim mudiri:

Axmedov Odiljon Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari nomzodi.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Mazkur bo‘limda ayollar jinsiy a’zolarining xavfli va xavsiz o‘sma kasalliklarini zamonaviy usullari bilan aniqlash va jarrohlik, kimyoviy yo‘li bilan davolash amalga oshiriladi.

Bemorlarda bachadon bo’yni saratoni, bachadon tanasi, tuxumdonlar o’smalarida va shu bilan birga qin, vulva o’smalari, trofoblast kasalliklarida ham samarali usullari qo’llaniladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

Radikal, a’zoni saqlovchi, rekonstruktiv-plastik, laparoskopik, gisteroskopik,  kombinatsiyalashgan va boshqa turdagi amaliyotlar bajariladi.

  • Bachadonni ortiqlari bilan ekstirpatsiyasi.
  • Bachadonni ortiqlari bilan kengaytirilgan ekstirpatsiyasi.
  • Bachadonni ortiqlarisiz kengaytirilgan ekstirpatsiyasi. Tuxumdonlar transpozitsiyasi bilan.
  • Radikal abdominal traxelektomiya
  • Radikal transvaginal traxelektomiya
  • Kengaytirilgan tsitoreduktiv amaliyotlar
  • Kichik chanoq a’zolarining ekzenteratsiyasi
  • Kengaytirilgan vulvektomiya
  • Bachadonni ortiqlari bilan ekstirpatsiyasi. Omentektomiya. Peritonektomiya. Kichik chanoq limfa tugunlar limfadenektomiyasi.

Zamonaviy texnologiyalar:

Laparoskopik, gisteroskopik, transvaginal va a’zo saqlovchi jarrohlik amaliyotlar bajariladi.

Minimal hajmdagi tashxislash va davolash usullari

  • An’anaviy kolposkopiya
  • Sun’iy intellektga asoslangan kolposkopiya
  • Bachadon bo’yni ekstsiziyasi
  • Bachadon bo’yni termoablyatsiyasi
  • Minimal invaziv laparoskopik biopsiyalar.
  • Gisteroskopik minimal invaziv amaliyotlar.

O‘rinlar soni:

66 statsionar o’ringa ega

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga o‘tkaziladigan operatsiyalar soni 800 ga boradi va davolangan bemorlar soni 2000gacha bo’ladi.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari onkoginekologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.

Ginekologiya bo’limi ilmiy rahbari Zaxirova N.N. boshchiligida, bo`lim    Respublika miqyosida o`tqazilayotgan bachadon bo`yni saratoni skriningida faol ishtirok etadi, hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST), UNFPA va Saratonni o’rganish halqaro agentligi (IARC) bilan birgalikda ilmiy-amaliy hamkorlik qilishadi.

Onkoginekologiya bo‘limi