4 Sentabr 2026

PhD ilmiy izlanuvchilari diqqatiga: Malakaviy imtihonlar o’tkazilishi ma’lum qilinadi

PhD ilmiy izlanuvchilari diqqatiga: Malakaviy imtihonlar o’tkazilishi ma’lum qilinadi

Hurmatli rahbar xodimlar, ilmiy rahbarlar va tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda OAK Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan navbatdagi malakaviy imtihonlar o‘tkaziladi. Imtihonlar onkologiya va klinik radiologiya ixtisosliklari bo’yicha bo’lib o’tadi.

📅 Imtihon sanasi va vaqti:

  • Sana: 2026-yil 18-sentyabr.
  • 14.00.14 – Onkologiya: soat 09:00 da.
  • 14.00.19 – Klinik radiologiya: soat 11:00 da.
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Avtomobil halqa yo’li ko’chasi, 14a-uy. Markazning 3-qavati, kichik konferensiya zalida.

📄 Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati: Hujjatlar to’plami to’liq holda Ilmiy kotib M.X. Ismailovaga onlayn taqdim qilinishi lozim:

  • Ariza (aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilgan holda).
  • ID karta yoki pasport nusxasi.
  • Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash bayonnomasi yoki OAK byulletenidan nusxa.
  • Boshqa muassasa izlanuvchilari uchun – yo‘llanma xat (direktor o’rinbosari O.A. Xalmurzaev nomiga).
  • Mustaqil izlanuvchilikka yoki tayanch doktoranturaga qabul qilinganlik haqidagi buyruq.
  • Annotatsiya (ilmiy rahbar va talabgor tomonidan imzolangan).
  • Tasdiqlangan 3.4-shakl.
  • Bakalavr hamda magistratura/klinik ordinatura diplomlari nusxasi.

⏳ Hujjatlar qabuli: 2026-yil 15-sentyabr soat 16:00 ga qadar davom etadi.

⚠️ E’tibor uchun muhim:

  1. Talabgorlar imtihonga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida kiritiladi.
  2. Imtihon videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va hisobotlari rahbariyatga taqdim etiladi.
  3. Vaqtida sababsiz kelmagan talabgorlar belgilangan tartibga muvofiq chetlashtirilishi haqida ogohlantiriladi.