Onkooftalmologiya jarroxlik bo‘limi

Bo‘lim nomi:

onkooftalmologiya jarrohlik bo‘limi

Bo‘lim mudiri:

t.f.n. Raxmatullaeva Dono Tashpulatovna – bo‘lim mudiri, oliy toifali jarroh

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘limda qovoqlar, ko’z olmasi, ko’z kosasi o‘smalari tashxisi hamda jarrohlik davosi amalga oshiriladi. Shuningdek, ko’z ichi o’smalarida ko’z ichiga va selektiv usulda o’smaga qarshi vositalar bilan davolash bajariladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

  • Qovoq terisida operatsiyalar,
  •  Qovoq yumshoq to’qimasida operatsiyalar,
  • Kon’yunktivadagi operatsiyalar,
  • Ko’z olmasi enukleatsiyasi,
  • Ko’z olmasi evisceratsiyasi,
  • Orbitotomiya, o’smani olish operatsiyalari,
  • Ko’z kosasi to’qimalari ekzenteratsiyasi
  • rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotlari.

Zamonaviy texnologiyalar:

  • ko’z tubini tekshirishda va dinamikada kuzatishda zamonaviy texnologiyalardan foydaniladi (Fundus kamera, Retkam)
  • intravitreal kimyoterapiya,
  • selektiv intraarterial kimyoterapiya,
  • lazer yordamida xosila koagulyatsiyasi, TTT

O‘rinlar soni:

33 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Davolashning asosiy qismi a’zoni saqlovchi yo‘nalishdagi muolajalar.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari onkologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.

Onkooftalmologiya jarroxlik bo‘limi