Neyroonkologiya bo‘limi
Bo‘lim nomi:
Neyroonkologiya bo‘limi
Bo‘lim mudiri:
t.f.n. Safarov B.I. – bo‘lim mudiri, neyroxirurg-onkolog
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Bo‘limda markaziy asab tizimi bilan bog‘liq o‘smalari aniqlangan bemorlar uchun ixtisoslashgan neyroxirurgik yordam ko‘rsatiladi. Bosh miya va orqa miya o‘smalari, bosh chanog‘i asosidagi o‘smalar, orqa miya kanali hamda umurtqa pog‘onasi o‘smalari tashxisi va ularni jarrohlik davolash amalga oshiriladi.
Bajariladigan operatsiyalar turlari:
- Bosh miyada joylashgan birlamchi va metastatik o‘smalarni mikroneyroxirurgik olib tashlash
- Bosh chanog‘i asosining va orqa chanoq tubi sohasidagi murakkab o‘smalar bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari
- Orqa miya ichidagi va tashqarisidagi (intra- va ekstradural) o‘smalarni olib tashlash
- Umurtqa pog‘onasi o‘smalarida dekompressiv va stabilizatsion operatsiyalar (korpektomiya, transpedikulyar fiksatsiya, titanik kage va boshqalar)
- Transnazal endoskopik adenomэktomiya (gipofiz bezi o‘smalarini burun orqali olib tashlash)
- Neyroendoskopik va minimal invaziv neyroxirurgik amaliyotlar (kichik kesiklar orqali bajariladigan yuqori aniqlikdagi operatsiyalar)
Zamonaviy texnologiyalar:
- Operatsion mikroskop ostida mikroneyroxirurgik usullar
- Neyroendoskopiya va neyronavigatsiya tizimlari
- Intraoperatsion neyrofiziologik monitoring (operatsiya vaqtida asab faoliyatini real vaqtda kuzatish)
- MRT va KT ma’lumotlari asosida uch o‘lchamli (3D) rejalashtirish
- Minimal invaziv va kombinatsiyalashgan neyroxirurgik kirishlardan foydalanish
O‘rinlar soni:
30 o‘rin
Yillik ko‘rsatkichlar:
Bo‘limda har yili neyroonkologik yo‘nalish bo‘yicha yuzlab bemorlarga statsionar va jarrohlik yordam ko‘rsatiladi. Amaliyotlarning asosiy qismini mikroneyroxirurgik, endoskopik va minimal invaziv operatsiyalar tashkil etadi.
Ilmiy va o‘quv faoliyati:
Bo‘lim mutaxassislari neyroonkologiya va neyroxirurgiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi, zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etadi. Shuningdek, ular xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etadi, rezidentlar va amaliy shifokorlar uchun o‘quv-amaliy kurslar hamda stajirovkalarni tashkil qiladi.
