Gepatopankreatobiliar onkojarroxlik bo‘limi
Bo‘lim nomi: Gepatopankreatobiliar onkojarrohlik bo‘limi
Bo‘lim mudiri: Raximov San’atjon Sobirovich
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Bo‘lim jigar, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezining o‘smalarini aniqlash, davolash va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarishga ixtisoslashgan. Davolash jarayoni multidisiplinar yondashuv asosida — onkojarroh, radiolog, endoskopist va kimyoterapevtlar bilan birga olib boriladi.
Bajariladigan operatsiyalar turlari:
- Pankreatoduodenal rezeksiya
- Me’da osti bezi distal subtotal rezeksiyasi+Splenektomiya
- Me’da osti bezi distal subtotal rezeksiyasi
- Gemigepatektomiya va jigar rezeksiyalari
- Qorin parda orti noorgan o’smasini olib tashlash
- Pankreatektomiya
- Teri jigar orqali xolangiografiya va xolangiostomiya
- Transarterial kimyoembolizatsiya
- Jigar, me’da osti bezi va qorinparda orti o’smalaridan UTT nazorati ostida biopsiya qilish
Zamonaviy texnologiyalar:
- Transarterial kimyoembolizatsiya
- Jigar o’smalarini mikroto’lqinli ablatsiyasi
- Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya
- Ultratovush nazorati ostida biopsiyalar,
- operatsiyalarni rejalashtirishda raqamli vizualizatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi
O‘rinlar soni:
33 – o‘rinli
Yillik ko‘rsatkichlar:
Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.
Ilmiy va o‘quv faoliyati:
Bo‘lim mutaxassislari Gepatopankreatobiliar onkologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Jigar va me’da osti bezi o‘smalarida davolash natijalarini baholash, Neoadjuvant va adjuvant terapiya samaradorligini o‘rganish. Operatsiyadan keyingi asoratlar bo‘yicha statistik tahlillar. Rekonstruktiv jarrohlikning zamonaviy usullarini joriy etish. Xalqaro ilmiy loyihalarda va konferensiyalarda faol ishtirok etadi. Ilmiy maqolalar va tezislarni chop etadi. Yosh mutaxassislar, ordinatorlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
