Bosh-bo`yin o`smalari onkojarroxlik bo`limi

Bo‘lim nomi: Bosh-bo’yin o’smalari onkojarrohlik bo’limi

Bo‘lim rahbari: t.f.d. Xasanov Akbar Ibragimovich

Bo‘lim mudiri: Shukurov Zohir Ibragimovich

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Bo‘limda bosh-bo’yin a’zolari – qalqonsimon bez, so’lak bez, til, lunj, yuqori jag’, pastki jag’, xiqildoq, xiqildoq-xalqum, og’iz-xalqum, burun-xalqum, burun va burun yondosh bo’shlig’Iari, quloqning tashqi eshituv yo’li, yumshoq to’qima va teri o‘smalari tashxisi hamda jarrohlik davosi amalga oshiriladi.

Bajariladigan operatsiyalar turlari:

-Tireoidektomiya

-Parotidektomiya

-Laringektomiya

-Boʻyin soxa limfodisseksiyalari

-Yuqori jag’ rezeksiyalari

-Pastki jag’ rezeksiyalari

-Bosh-boʻyin soxasida rekonstruktiv-plastik jarroxlik amaliyotlari

-Xiqildoq oʻsmalarini CO-2 lazer orqali kesib olish

-Burun va burun yondosh boʻshliqlari oʻsmalarini ochiq yoki endoskopik usulda kesib olish

-Bosh bo’yin soxa yumshoq to’qima va teri o’smalarini kesib olish.

Zamonaviy texnologiyalar:

  • O’zbekisonda yagona CO2 lazer yordamida xiqildoq va xiqildoq-xalqum soxada jarrohlik amaliyotlar
  • Burun va burun yondosh bo’shliqlarida endoskopik jarrohlik amaliyotlar,
  • Mikroxirurgik usulda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotlar.

O‘rinlar soni:

33 o‘rin

Yillik ko‘rsatkichlar:

Yiliga 500 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shundan 60% dan ortig‘i – yuqori texnologik operatsiyalar.

Ilmiy va o‘quv faoliyati:

Bo‘lim mutaxassislari bosh-bo’yin soxa onkologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.

Bosh-bo`yin o`smalari onkojarroxlik bo`limi