Bulim mudiri: Mustafayev Tojiddin Kurbonovich-tibbiyot fanlari nomzodi.

                                                                            Oliy toifali bolalar onkologi.

RIOvaRIATM bolalar onkologiyasi boʻlimi  2001-yil fevral oyida  tashkil qilingan. U vaqtgacha boʻlgan davrda bolalar onkologiyasiga ixtisoslashgan boʻlim Toshkent Shahar Onkologiya Dispanseri (1980-yilda tashkil qilingan va 40 oʻringa ega boʻlgan) tarkibida faoliyat yuritgan.

Asosiy faoliyat turlari:  I. Tashxisotda: Bolalar onkologiyasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boʻlimda xavfli oʻsma kasalliklarini tashxislashning barcha zamonaviy va ilgʻor texnologiyali usullari amaliyotga joriy qilingan.

II. Davolash borasida: xirurgik yoʻnalishda: 1. Xavfli oʻsma kasalliklarida aʼzolarni saqlovchi,  kengaytirilgan va  kombinirlashgan operatsiyalar. Jumladan: buyrak rezeksiyalari, buyraklar, korinparda orti, kichik chanok va  ko’ks oralig’i  o’smalarida mahalliy tarqalgan holatlarda bir nechta aʼzolar rezeksiyalari yaʼni  kombinirlashgan amaliyotlar. 2. Teri va yumshoq to’qima o’smalarida bir vaqtli plastik amaliyotlar. 3. Suyak oʻsmalarida  suyak autoplastik amaliyotlari va yirik buginlarni endoprotezlash;

III.  Konservativ yoʻnalishda: ximioterapiyaning  zamonaviy sxema va variantlari, regionar endovaskulyar va yuqori miqdorli ximioterapiya, target terapiya hamda qator modifikatorlar amaliyotga keng joriy qilingan.

RIOvaRIATM bolalar onkologiyasi boʻlimi ushbu  yoʻnalishda  Respublikamiz  va  Oʻrta Osiyoda yetakchi hisoblanadi.

Urinlar soni 30 ta.

Yillik kursatkichlar:

Yiliga urtacha 450-500   ta  amaliyot o’tkazish imkoniyati mavjud.

Ilmiy va ukuv faoliyati:

Bulim xodimlari onkologiya va bolalar onkologiyasi yunalishida Respublikamiz va Xorijiy kongresslarda faol ishtirok etadi. Xorijiy kongressda 2 ta maʼruza kilindi va tezislar chop etildi. Ushbu yilda 5 ta maqola chop etildi, shundan 2 tasi xorijiy. Yana 2 ta topshirilgan, shundan bittasi xorijiy. Bolalar onkologlari uchun Viloyatlarda davriy ravishda  maʼruzalar va master – klass amaliyotlari doimiy o’tkaziladi. Ushbu yilda Andijon, Fargona, Qoraqalpogiston, Qashqadatyo va Xorazm viloyatlarida o’tkazildi.