XALQARO EKSPERT ISHTIROKIDAGI SEMINARGA TAKLIF ETAMIZ!

XALQARO EKSPERT ISHTIROKIDAGI SEMINARGA TAKLIF ETAMIZ!
Oʻzbekiston Respublikasida koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratonini tashxislash hamda davolash sifatini oshirish loyihasi doirasida xalqaro mutaxassis-ekspert, professor Brayan Tyudor (Brian P. Tudor, MD, AQSH) ishtirokida ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi.
📅 Seminar kunlari:
6, 7, 10, 11 va 12 avgust 2026 yil
⏰ Roʻyxatdan oʻtish: 09:00–09:40
📍 Oʻtkazilish joyi: Riovariatm majlislar zali
💻 Ishtirok shakli: oflayn va onlayn (Zoom platformasi orqali)
🔬 Seminar doirasida:
🔹 koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratonini zamonaviy tashxislash, bosqichlash va davolash masalalari;
🔹 klinik holatlarni xalqaro ekspert ishtirokida tahlil qilish;
🔹 multidistsiplinar jamoa faoliyatini takomillashtirish;
🔹 mammografiya, patomorfologik va nurli diagnostika, dori vositalari bilan davolash hamda nur terapiyasi yoʻnalishlari;
🔹 bemorlarni yoʻnaltirish va klinik boʻlinmalar oʻrtasidagi hamkorlik;
🔹 xalqaro klinik tavsiyalar va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinadi.
📣 Riovariatmning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar filiallarida faoliyat yuritayotgan quyidagi mutaxassislarning seminarda onlayn ishtirok etishi soʻraladi:
🎀 mammologlar;
🌸 onkoginekologlar;
💊 kimyoterapevtlar;
🩻 radiologlar va nurli tashxis shifokorlari;
🔬 patomorfologlar;
☢️ radioterapevtlar;
👩⚕️👨⚕️ shuningdek, mavzuga qiziqish bildirgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari.
❗️ Filiallar rahbarlaridan ushbu yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning seminarda ishtirokini taʻminlash hamda eʻlonni barcha tegishli boʻlimlarga yetkazish soʻraladi.
🔗 Zoom konferensiyasiga ulanish:
[https://zoom.us/j/5404345642?pwd=T4vSKfzelFcZAQAdtXiOt7OCuG9rxL.1](https://zoom.us/j/5404345642?pwd=T4vSKfzelFcZAQAdtXiOt7OCuG9rxL.1)
🆔 Konferensiya identifikatori: 540 434 5642
🔐 Kirish kodi: 123456
📌 Seminar ertaga — 6 avgust kuni boshlanadi.
Hurmatli hamkasblar, ushbu xalqaro ilmiy-amaliy muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
