24 Iyul 2026

Oʻzbekistonda sut bezi va bachadon boʻyni saratoni boʻyicha patomorfologik tashxis sifatini oshirish” mavzusida xalqaro o‘quv seminari

Oʻzbekistonda sut bezi va bachadon boʻyni saratoni boʻyicha patomorfologik tashxis sifatini oshirish” mavzusida xalqaro o‘quv seminari

📢 HURMATLI HAMKASBLAR!

🔬 2026-yil 27–31-iyul kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Oʻzbekistonda sut bezi va bachadon boʻyni saratoni boʻyicha patomorfologik tashxis sifatini oshirish” mavzusida xalqaro o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi.

👨‍⚕️ Dastur davomida:

🔹 AQShning yetakchi patomorfologlari ishtirokidagi ma’ruzalar;
🔹 Sitologik, gistologik va immunogistokimyoviy diagnostika bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar;
🔹 Murakkab klinik holatlar tahlili va amaliy mashg‘ulotlar;
🔹 Xalqaro tajriba almashish hamda mutaxassislar malakasini oshirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

📅 Sana: 27–31-iyul, 2026-yil

🕘 Vaqt: 09:00–17:00 (roʻyxatdan oʻtish – 08:30)

📍 Manzil: RIO va RIATM majlislar zali.

🤝 Barcha patomorfologlar, sitologlar, onkologlar va soha mutaxassislarini ushbu nufuzli ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!