2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining
2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.
➡️ Hujjatlarni qabul qilish
🗓 Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.
🖥 Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali.
‼️ Talabgor bir qabul mavsumida1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.
📝 Kirish test sinovlari
▪️ Sana: 2026-yil 25–30-avgust.
🏢 Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.
📌 Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.
📂 Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:
🆔 shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
👎oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
📑 amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.