Onkologiya markazi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi

Aholi salomatligi pasportini rasmiylashtirish va birlamchi tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilash maqsadida markaz xodimlari doimiy ravishda O’zbekiston Respublikasining turli hududlariga tashriflar amalga oshirishmoqda.

Ana shunday tashriflardan biri – Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumaniga bo’lib, uning maqsadi ushbu mintaqada onkologik yordam ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash bo’ldi.

2-4 yanvar kunlari markaz xodimlari: A.E.Rasulova, A.X. Abdukarimov. va Raximova S.S.lardan iborat guruh Mirishkor tumaniga va RIO va RIATM ning Qashqadaryo filialiga tashrif buyurishdi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami shifokorlari o’rtasida mahorat darslari o’tkazildi, saraton kasalligini diagnostika qilish va davolash muammolari bo’yicha ma’ruzalar o’qildi, eng og’ir onkologik kasalliklarga ega bemorlar ko’rikdan o’tkazildi va aholiga tegishli uslubiy yordam ko’rsatildi.

Albatta, bunday tashriflar doimiy ravishda amalga oshiriladi va mamlakatimiz aholisiga malakali onkologik yordam ko’rsatish sifatini yaxshilashga erishiladi.

Orqaga qaytish