Respublika ixtisoslashgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1962 yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan. 2018 yildan boshlab - Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Respublika onkologiya markazi O'zbekiston Respublikasining Onkologiya xizmati asosiy muassasasi bo'lib, 16 ta yirik onkologiya xizmati (shahar, viloyat, respublika dispanserlari), shuningdek tuman va shahar poliklinikalarida 232 ta onkologik xonaga ega. Respublikada jami 2265 ta onkologik yotoq mavjud bo'lib, shundan 145 tasi bolalar davolanishi uchun mo'ljallangan.
Respublika onkologiya markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Onkologik bemorlarga yuqori malakali diagnostika, davolash va konsultativ yordam ko'rsatish.
- Onkologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o'tkazish.
- Mintaqaviy onkologik dispanserlarga ilmiy-metodik, kuratorlik yordami.
- Skrining, xavfli o'smalarni oldini olish.
- Onkologiya, klinik radiologiya mutaxassisligi bo'yicha klinik ordinatorlar, magistrlar, stajyor-tadqiqotchilarni tayyorlash bo'yicha asosiy o'quv bazasi.