Ta’lim

Klinik ordinatura uzluksiz kasbiy ta’limning yagona tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Klinik ordinatorlarni tayyorlash uchun yuqori malakali ilmiy-amaliy kadrlar salohiyati, moddiy-texnik bazasi mavjud. Bularning barchasi mutaxassislarni tayyorlash sifatini kafolatlashga imkon beradi. Hozirgi kunda markazimizda 18 klinik ordinator «onkologiya» mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturalar o’tkazilmoqda.

Doktorantura (DcS) va asosiy doktorantura (PhD) diplomdan keyingi tibbiy ta’limning yana bir yo’nalishi hisoblanadi. Onkologiya markazimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun katta ilmiy-texnik salohiyat mavjud. Bugungi kunda 30 dan ortiq shifokor doktorantlar, tayanch doktorantlar va erkin izlanuvchilar sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ularning qariyb yarmi viloyatlardagi markazimiz filiallarining xodimlari hisoblanadi.

RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN ONKOLOGIYA VA RADIOLOGIYA ILMIY-AMALIY TIBBIY MARKAZINING DOKTORANTURA VA KLINIK ORDINATURA BO’LIMI

Doktorantura (DcS)  va tayanch doktorantura (PhD) tibbiyotda oliy o’quv yurtidan keying talim tizimining yo’nalishi hisoblanadi. RIOvaRIATMda tadqiqotlar olib boorish uchun ilmiy-texnikaviy salohiyat mavjud. Hozirgi kunda Markazda 34 nafar fan nomzodlari va 11 ta fan doktorlari faoliyat olib bormoqdalar. 30 dan ortiq doktorantlar va tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar ilmiy loyihalarni amalga oshiradilar. Ularning deyarli yarmi bizning Markazimizning filiallari xodimlaridir.

Klinik ordinatura kasbiy ta’limning yagona tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. RIOvaRIATMda klinik ordinatura uchun yuqori malakali ilmiy va amaliy kadrlar, moddiy-texnika bazasi mavjud. Bularning barchasi ta’lim sifatini kafolatlash imkonini beradi. Hozirgi kunda markazimizda «Onkologiya» mutaxassisligi bo’yicha 18 nafar klinik ordinator mavjud.

Doktoranturaga xujjat va imtihon qabul qilish, doktoranturada o‘qish jarayoni quyidagi farmoyishlar asosida olib boriladi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi;

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti — OTM yoki ITMda tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;

tayanch doktorantura — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;

doktorant — OTM yoki ITMga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

mustaqil izlanuvchi — OTM yoki ITMga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;

izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish shakllari va muddatlariga qo‘yiladigan umumiy talablar:

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

tayanch doktorantura;

doktorantura;

mustaqil izlanuvchilik.

2) Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish uch yilgacha davom etadi.

3) Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi uchun OTM va ITMlar doimiy faoliyat ko‘rsatadigan muvofiqlashtiruvchi-kollegial organga (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqa shakllarda) (keyingi o‘rinlarda Kollegial organ deb ataladi) ega bo‘lishi lozim.

4) Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, doktoranturaga esa — suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

5) Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish qonun hujjatlariga va/yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

RIO va RIATMda doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning dissertasiya ishlari xaqida ma’lumot

1-bosqich

Savkin A.V. – ta’lim shakli: tayanch doktorant (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Tos suyaklari ơsmalarini multimodal tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolash”

Ilmiy rahbar – t.f.d. Polatova J.Sh.

Karimova N.M. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Bolalar va o’smirlarda burun-xalqum xavfli o’smalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish (kliniko-immunologik va molekulyar-genetik jixatlar)”

Ilmiy rahbar – t.f.d. Polatova J.Sh.

Ten Y.V. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Yo’g’on ichak rakini erta tashxislashda molekulyar-biologik markerlarning ahamiyati”

Ilmiy rahbar – t.f.d. Abdujapparov S.B.

Karimova N.S. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Mahalliy tarqalgan bachadon bo’yni o’smasining ximionur terapiyaga sezuvchanligini aniqlashga multimodal yondashuv”

Ilmiy rahbar – t.f.d. Nishanov D.A.

Xasanov Sh.T. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Qovuq invaziv saratonining xirurgik davolashda geterotopik qovuq rezervuari”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Primkulov B.K. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Pastki jag’ o’smalari bilan bemorlarda qayta tiklovchi va rekonstruktiv operatsiyalarni takomillashtirish”

Ilmiy rahbar – t.f.d. Xasanov A.I.

2-bosqich

Abduganiyeva S.R. – ta’lim shakli: doktorant (DSc)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Virus-assotsirlangan Noxodjkin limfomalarni davolashda va tashxislashda molekulyar-biologik holatlarining ahamiyati”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Zaxirova N.N. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (DSc)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Mahalliy tarqalgan bachadon bo’yni saratonida kichik tos a’zolari eksternalizatsiyasidan keyin tos tubining xirurgik rekonsturksiyasiga yangicha yondashuv”

Маҳаллий тарқалган бачадон бўйни саратонида кичик тос аъзолари экзентерациясидан кейин тос тубининг хирургик реконструкциясига янгича ёндашиш

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Dissertatsiya ishi tugallangan va muddatdan avval himoyalangan

Ganiyev A.A. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (DSc)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Og’iz bo’shlig’i a’zolari va halqum saratonining epidemiologik va molekulyar-biologik xususiyatlari, ularni korreksiyalash usullari, davolash va prognozlash

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Abduxakimov A.N.

Ibragimov A. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (DSc)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Yangi mahalliy tropolon alkaloidlaridan olingan preparatlarni saratonga qarshi molekulyar mexanizmlariga ta’siri”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Yenikeyeva Z.M.

Nishanova Y.X.  – ta’lim shakli: tayanch doktorant (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Sut bezi saratonining nur tashxisida magnit-rezonans tomografiya usulining ahamiyati”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Xodjibekov M.X.

Avezmuratova G.A. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Sut bezi saratonida farmakogenetik personalizatsiyalashgan davoni ishlab chiqish”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Pulatov D.A.

Agzamova N.A. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Dekasan va uning eruvchan analogi dekovinning radio sensibilizatorlik ta’siri”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Yenikeyeva Z.M.

Do’stov Sh.X. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Onkologik bemorlarda mikro qon tomirlarga tikmasdan anastamoz qo’yish texnologiyasini klinik-eksperimental asoslash”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Reshetov I.V.

Tojiboyev A.A. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Naysimon suyaklar gigant hujayrali o’smalarini kompleks kam invaziv davolanishni takomillashtirish”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Gafur-Axunov M.A.

To’xtaboyeva M.T. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Sut bezi saratonining rivojlanishini prognozlash va erta tashxislashni takomillashtirish”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Abduxakimov A.N.

Xudoyberdiyeva M.Sh. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Me’da saratoni retsidivi, prognoz omillari ta’siri, erta tashxislash va davolashni yaxshilash yo’llari”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Djurayev M.D.

Zakirova L.T. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Yosh ayollarda sut bezi saratonini davolashda va prognozlashda molekulyar-biologik markerlarning ơrni”

Ёш аёлларда сут бези саратонини даволашда ва прогнозлашда молекуляр-биологик маркерларнинг ўрни

Ilmiy rahbar – t.f.d. Alimxodjayeva L.T.

Oripova M.R. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Bachadon sarkomalarini erta tashxislashni mukammallashtirishda sitogenetik va immunogistoximik tahlil metodlarining ahamiyati”

Ilmiy rahbar – t.f.d.

Ortikova X.U. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Bachadon bo’yni saratoni retsedivini tashxislashda zamonaviy yondashuv”

Ilmiy rahbar – t.f.d.

Yorov L. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Sut bezi saratoni Her2 / neu + (musbat) tipida kompleks davo natijalarini tahlil etish”

Ilmiy rahbar – t.f.d.

3-bosqich

Raximov N.M. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (DSc)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Regional limfa tugunlarida metastazi bo’lgan buyrak hujayrali saratonini tashxislash va davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Dissertatsiya ishi tugallangan va muddatdan avval himoyalangan

Kamishov S.V. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (DSc)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Bachadon bo’yni va tuxumdon saratonini kompleks davolashda ekstrakorporal immunofarmakoterapiya”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Dissertatsiya ishi tugallangan va muddatdan avval himoyalangan

Tillyashayxova R.M. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Buyrak saratoni bilan kasallangan qari va keksa yoshdagi bemorlarda organ saqlovchi amaliyotlarning kontseptual asoslari”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Yusupbekov A.A.

Dissertatsiya ishi tugallangan va muddatdan avval himoyalangan

Almuhamedova B.G. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Bachadon bo’yni saratoniningO’zbekiston Respublikasi xavf omili yuqori bo’lgan hududlaridagi epidimiologik xususiyatlari va oldini olishni kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish epidemiologik xususiyatlari va kompleks profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Dissertatsiya ishi tugallangan va muddatdan avval himoyalangan

Boyko Y.V. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Buyrak-hujayrali saratonini intraluminar venoz invaziyasida jarrohlik davosi”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Dissertatsiya ishi tugallangan va muddatdan avval himoyalangan

Yusupov Sh.X. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “Tarqalgan prostata bezi saratonini davolashda zamonaviy yondashuvlar”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Tillyashayxov M.N.

Lipartiya M.G. – ta’lim shakli: mustaqil izlanuvchi (PhD)

Dissertatsiya ishi mavzusi: “O’zbekistonda Noxodjkin limfomalari bilan og’rigan bolalarni kasallanishi va tashxislashning zamonaviy yondashuvlar”

Ilmiy rahbar – t.f.d., professor Yusupbekov A.A.

2017-2018 o’quv yilida har biri 72 soatdan 8 ta monotematik tsikl bo’yicha o’quv dasturi ishlab chiqildi. Umuman olganda, 2017-2018 yillarda 150 nafar shifokor tayyorlanmoqda. RSNPMTSOiR Toshkent davolash markazi bilan birga 2017 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Onkologiya bo’limi bazasida 23 nafar shifokor tayyorladi va mutaxassislikdan o’tdi. 3 ta fizikshunos o’qitildi va 10 ta sitologiya mutaxassislari tayyorlandi. Mutaxassislik va qayta tayyorlash uchun sitologlar va laboratoriya bo’yicha mutaxassislar ro’yxati tuzildi. 2015 yildan boshlab Har yili 13-15 nafar shifokor 72 soat o’tadi. patomorfologiyada takomillashtirish kurslari. Immunogistokimyoviy tadqiqotlar uchun patologlarning qayta o’qitish.

Mamograf bo’yicha 144 soatlik o’quv dasturi ishlab chiqildi va 25 radiolog va 3 mammografiya mutaxassislari tayyorlandi.

Doktorantura va klinik ordinatura bo’limi mudiri:
Nig’manova N. A
Telefon: + 998 (71)2462807