Namangan viloyatida filial xodimlari bilan «Salomatik aksiyasi» o’tkazilmoqda

2022 yil 31 mart kunidan boshlab Respublika ixtisoslashgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari direktorining hududlar bo’yicha o’rinbosari S.S. Po’latov, bosh-bo’yin onkologi t.f.n. Sh.N. Xatamov va t.f.n. R. Bekmirzaev, umumiy onkolog B.B. Sultonov, koloproktolog B.Sh. Karaxodjaev ishtirokida Namangan viloyatida filial xodimlari bilan «Salomatik aksiyasi» o’tkazilmoqda.
RIO va RIATM Namangan filialida, Uychi va Chortoq tuman tibbiyot birlashmasida 173 nafar bemorni, 8 nafar bemorni uyiga borib ko’rikdan o’tkazilib maslaxatlar berildi.
Filialida markazdan kelgan mutaxasislar 2 nafari ishtirokida 9 nafar bemorda Respublika miqiyosida bajariladigan yuqori texnologik va 7 ta jarroxlik operatsiyalar filial mutaxasislari bilan birgalikda bajarildi va filial mutaxasislariga master klass ko’rsatildi.

Orqaga qaytish