RI Onkologiya va Radiologiya IATM xodimlari…

RI Onkologiya va Radiologiya IATM xodimlari tomonidan 4 fevral – saraton kasalligiga qarshi kurash kuni munosabati bilan respublikamizning turli mintaqalarida joylarda tadbirlar o’tkazildi, shuningdek, kasallikning oldini olish va saratonning dastlabki bosqichlarda aniqlash bo’yicha davra suhbatlari, ma’ruzalar va mahorat darslari tashkil etildi.. Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi mamlakat aholisining onkologik kasalliklari to’g’risida bilimlarini takomillashtirish, boshqa mutaxassisliklar shifokorlarining onkologik ogohligini oshirish, shuningdek umuman ushbu patologiyaning dolzarbligiga davlat tuzilmalarining e’tiborini jalb qilish edi.

RI Onkologiya va Radiologiya IATM muovini professor A.A.Yusupbekov va mammologiya bulimi mudiri Maxmudova N.E bilan birgalikda markazimizning Qashqadaryo viloyati filialiga tashrif buyurishdi va mahorat darslari o’tkazishdi. Natijada profilaktik tekshiruvlar va aholini antropometriya paytida aniqlanganlar joyida tekshirildi va filiallarda yuqori texnologik operatsiyalar o’tkazildi, shuningdek bemorlarni keyingi konservativ davolash rejalari muhokama qilindi va tayinlandi.

Orqaga qaytish