O’zbekiston onkologlari Germaniyada ma’ruza qilishdi

Yaqinda Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatining poytaxti Dyusseldorf shahrida EUROGEN 2022 kongressi bo’lib o’tdi. Kongressda dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetakchi tibbiyot hodimlari, onkologlar, ginekologlar va boshqa soha shifokorlari ishtirok etdi.  

Ushbu kongressda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radialogiya ilmiy amaliy tibbiy markazi direktori professor Tillyashayxov Mirzag’olib Nigmatovich, onkogenikolog tibbiyot fanlari doktori Zaxirova Nargiza Nematovnava onkoginekolog Saydaxmedova Viloyat Amirdinovnalar ishtirok etishmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Mustaqil davlatlar orasida faqatgina Rossiya Federatsiyasidan 2 ta poster doklad bor xolos. Ushbu nufuzli kongressda og’zaki doklad bilan faqatgina O’zbekiston ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston onkologlari tomonidan “Qoraqalpog’iston respublikasida bachadon bo’yni saratoni pilot skriningi” mavzusida poster doklad xam qo’yildi.Kongressning bugungi kunida professor Tillyashayxov M.N. va t.f.d. Zaxirova N.N. tomonidan tayyorlangan “O’zbekiston respublikasining Odam papilloma virusi vaktsinatsiyasi Milliy dasturi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Unda O’zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib odam papillomasi virusiga qarshi 9-14 yoshli qizlarni ommaviy emlash ishlari amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o’tildi. Ushbu emlash bilan 90% 9-14 yoshli qizlarni qamrab olinishi natijasida kelajakda bachadon bo’yni saratoni kelib chiqishi oldi olinadi. Juda ko’p asoratlarga olib keluvchi va ko’p uchraydigan saratonning ushbu turi bilan kasallanish ayollarda uchrashi bo’yicha barcha onkologik kasalliklar ichida ikkinchi o’rinni egallashini xisobga olsak, amalga oshirilayotgan ushbu emlash tadbiri juda muhim va xozirgi kunda dolzarbdir.

Bu Hukumatimiz va shahsan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan onkologiya sohasiga, ayniqsa ayollarimiz salomatligi yo’lidagi ishlarga bo’lgan yuksak e’tiborlari namunasidir. Ma’ruza o’zining dolzarbligi, olib borilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuqlarning ko’lami barcha yig’ilganlarda katta qiziqish uyg’otdi. Ular ma’ruzachilarga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishib, O’zbekistonda ayollar reproduktiv tizimi o’smalari bilan olib borilayotgan ishlar bilan batavsil tanishishdi. Yig’ilgan dunyoning eng yetakchi olimlari o’zbek onkologlarini erishilayotgan yutuqlar bilan tabriklashdi. Kongress ishi yuqori saviyada davom ettirilmoqda.

Orqaga qaytish