Sagdullaev Rustam Abdullaevich bilan ijodiy uchrashuv

9 fevral kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘zbek aktyori va rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Abdullaevich Sagdullaev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U “Jangga faqat keksalar boradi” (Romeo), “Sevishganlar” (Rustam), “Bomba” (praporshok Rahim Ahmedov) va boshqa ko‘plab filmlardagi shunday rollari bilan tanilgan. Rustam Sagdullayev “Do‘stlik” ordeni, “Avliyo Georgiy” ordenlari bilan taqdirlangan. Ijodiy uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi. Tashrif buyurgan tibbiyot xodimlari asl manbadan akter va rejisserning ijodiy yo‘li va, albatta, ijodiy rejalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi. Ijodiy kechani tashkil etgani uchun “Ishonch” jamg‘armasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Orqaga qaytish