Telemeditsina orqali onlayn maslahat

25 fevral kuni haftalik teletibbiyot yo’li bilan onlayn muhokama bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 25 fevralida bemorlar uchun har hafta muntazam ravishda o’tkaziladigan teletibbiyot bo’yicha muhokama o’tkazildi. Maslahatlashuvda RIOvaRIATM direktori professor M.Tillyashayxov va markazning etakchi mutaxassislari, shuningdek, Farg’ona, Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi filiallarining shifokor-onkologlari ishtirok etdilar.

Bu safar Farg’ona, Surxondaryo va Namangan filiallarida davolanayotgan bemorlarning holatlari muhokama qilindi.

Farg’ona viloyatidan til saraton kasalligining III bosqichi tashxisi qo’yilgan, 1970 yilda tug’ilgan bemor K. muhokama qilindi.

Bemor H., 1996 yilda tug’ilgan,0 Surxondaryo filialidan, Nohodjkin limfoma tashxisi qo’yilgan, III bosqich.

Keyingi 2 bemor Namangan viloyatidan. 1969 yilda tug’ilgan bemor R.ga IV bosqichdagi tirsak suyagi saratoni tashxisi qo’yilgan. 1957 yilda tug’ilgan ikkinchi bemor M.ga oshqozon saratonining IV bosqichi suyak metastazlari tashxisi qo’yilgan.

Tadbir davomida tekshiruvlar natijalari muhokama qilindi va ushbu og’ir holatdagi muhokama qilinayotgan bemorlarning tekshirish va davolash bo’yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida markaz direktoriga haftaning istalgan kunida shu kabi onlayn maslahatlarni o’tkazish taklif qilindi. Patomorfologiya bo’limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Nishanov D.A. kelgusi uchrashuvda bo’lajak muhokama uchun oldindan teletibbiyot yordamida ko’rib chiqish uchun bemorning gistologik materialini yuborish taklif qilindi.

Orqaga qaytish