MTV vakillarining navbatdagi tashrifi

Joriy yilning 25 fevral kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari Respublika onkologiya markaziga tashrif buyurib, Maktabgacha ta’lim vazirligi, «Ishonch» xayriya fondi va Respublika onkologiya markazi o’rtasidagi kelgusi hamkorlikni muhokama qildilar.

Ularning tashrifi davomida mehmonlar bolalar bo’limida bo’lib, bolalar uchun o’quv materiallari mavjudligini ta’kidladilar. Shuningdek, ular bolalar va ota-onalar bilan suhbatlashdilar, onlayn mashg’ulotlar o’tkazish to’g’risida kelishib olishdi.

Tomonlar shunday xulosaga kelishdi:

-bolalar (yotoqda yotganlar) uchun maxsus dastur ishlab chiqiladi;

-bolalar bo’limi uchun haftasiga 2 marotaba kelib, bolalar bilan ishlash, tarbiyaviy o’yinlar o’ynash va ularni o’rgatish imkoniyatiga ega bo’lgan psixolog uchun tanlov e’lon qilinadi;

-Toshkent shahridan o’qituvchilar ixtiyoriy ravishda kelib, yurolmaydigan bolalar uchun fanlardan dars berishadi.

Orqaga qaytish