Makro «Hayot uchun umid sovg’a qiling!»

Makro «Hayot uchun umid sovg’a qiling!» xayriya aksiyasining boshlanishi haqida e’lon qiladi, bu aksiya doirasida turli darajadagi onkologik kasalliklarga qarshi kurashayotgan bolalarga yordam ko’rsatiladi.

«Hayot uchun umid sovg’a qiling!» — Makroning O’zbekiston onkologlar uyushmasi bilan hamkorlikda o’tkazayotgan xayriya aksiyasi. Ushbu aksiya doirasida tarmoqning barcha filiallarida tadbir timsoli aks ettirilgan magnitlar sotiladi. Tushgan barcha mablag’lar bolalarni davolash uchun «Ishonch» jamg’armasiga o’tkaziladi.
Bitta magnit narxi 9 990 so’mni tashkil qiladi va ular Makro supermarketlar tarmog’ining kassa yonidagi maydonida joylashgan bo’ladi.

Yordam qo’lini uzatish va mo’jizaga ishonishga yordam berish har birimizning qo’limizdan keladi. Bizning maqsadimiz og’ir kasalliklarga qarshi kurashayotgan bolalarni ularning sog’ayish yo’lida qo’llab-quvvatlash.

«Hayot uchun umid sovg’a qiling!» xayriya aksiyasining barcha batafsil ma’lumotlari va shartlari quyidagi saytda chop etilgan: makromarket.uz

O’tkazilish muddati: 2020 yilning dekabr oyi oxirigacha

O’tkazilgan pul mablag’lari haqidagi hisobotlar Makro kompaniyasining rasmiy saytida «Hayot uchun umid sovg’a qiling!» bo’limida joylashtiriladi.

Kuch birlikda!

Orqaga qaytish