Sedat Kaya Anqara universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagan, Anadolu universitetida biznes boshqaruvi, Otaturk universitetida sog‘liqni saqlash boshqaruvi bo‘yicha tahsil olgan va Sakarya universitetida Sog‘liqni saqlash boshqaruvi magistri darajasiga ega.
Adil Murat Akgul 1970-yilda Turkiyaning Tokat shahrida tug‘ilgan. U 1995-yilda Hajettepe universitetining ingliz tili ta’lim yo‘nalishidagi tibbiyot fakultetini tamomlab, umumiy jarroh mutaxassisligini olgan. Uning professional faoliyati 1996-yilda Anqaradagi salomatlik markazida ishlashdan boshlangan.
Keyinchalik u uzluksiz turli davlat shifoxonalarida ishlab, 2005-yildan boshlab Sakarya viloyatidagi Geyve shahridagi davlat shifoxonasida Bosh shifokor lavozimiga tayinlangan. 2015-yildan 2025-yilgacha u Sakaryaning Yenikent shahridagi davlat shifoxonasida Bosh shifokor va direktor sifatida xizmat qilgan. 2025-yil sentyabr oyidan boshlab u O‘zbekistonda “HEALTH MANAGEMENT” MChJda Bosh ekspert sifatida ish faoliyatini davom ettirmoqda. U Turk va Ingliz tillarini yaxshi biladi va professional yutuqlari uchun bir qator viloyat va tuman hokimliklarining mukofotlari bilan taqdirlangan. Oilaviy holatiga ko‘ra u turmush qurgan va ikkita farzandi bor.
Yusupbekov Abrorjon Ahmadjonovich — 30 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan yetakchi onkolog-jarroh. U torakal va abdominal onkoxirurgiya sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, hozirgi vaqtda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya markazida direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Tibbiyot fanlari nomzodi va doktori ilmiy darajalariga, shuningdek, professor unvoniga ega. U 400 dan ortiq ilmiy ishlar va bir qancha monografiyalar muallifidir. Xalqaro professional hamjamiyatlarda, jumladan, ESMO va ASCO tashkilotlarida faol ishtirok etib keladi.
Yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak o`smalarida laparoskopik va an`anaviy jarrohlik Yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak o`smalarida kombinirlangan va kengaytirilgan operatsiyalar
Kolorektal o‘smalarda LAR, HAR, APR operatsiyalari To‘g‘ri ichak o`smalarida sfinkterni saqlovchi operatsiyalar To‘g‘ri ichak saratonida TME (Total Mesorectal Excision) operatsiyasi Jigar va limfa tugunlari metastazlarida operativ davolash Anal kanali va perianal soha kasalliklarida jarrohlik Yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak soxasi onkologik va noonkologik kasalliklari operativ davolash
