Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

06 Okt 2026

Janubiy Koreyaning Myongji Hospital delegatsiyasi markazimiz mutaxassislari bilan uchrashadi

2026-yil 8-oktabrda Janubiy Koreyaning Myongji Hospital shifokorlari delegatsiyasi Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi mutaxassislari bilan uchrashib, gastroenterologiya, davolovchi endoskopiya va gepatopankreatobiliar jarrohlik bo‘yicha klinik tajriba almashadi.

Janubiy Koreyaning Myongji Hospital delegatsiyasi markazimiz mutaxassislari bilan uchrashadi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida — Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida Janubiy Koreyaning Myongji Hospital shifokorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

  • Sana: 2026-yil 8-oktabr, payshanba
  • Vaqt: 10:00–13:00

Delegatsiya a’zolari

  • Professor Kim Jong-yeon — gastroenterolog, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari va davolovchi endoskopiya bo‘yicha mutaxassis.
  • Professor Jin-Ho Jeong — jarroh, jigar, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi jarrohligi hamda laparoskopik operatsiyalar bo‘yicha mutaxassis.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — gastroenterologiya, davolovchi endoskopiya va gepatopankreatobiliar jarrohlik yo‘nalishlarida ilg‘or klinik tajriba almashish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini muhokama qilish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

Uchrashuv dasturi

  • 10:00–10:15 — delegatsiyani kutib olish va ishtirokchilar bilan tanishtirish.
  • 10:15–11:00 — gastroenterologiya bo‘limi faoliyati bilan tanishuv.
  • 11:00–11:45 — jarrohlik bo‘limi faoliyati bilan tanishuv.
  • 11:45–12:50 — professor Kim Jong-yeon va professor Jin-Ho Jeong ishtirokidagi davra suhbati: klinik tajriba almashish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish.
  • 12:50–13:00 — uchrashuv yakunlari va umumiy suratga tushish.

Mazkur uchrashuv ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida professional aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tibbiy tajribalarni o‘rganish hamda qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.