Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

05 Okt 2026

Xitoyning ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha yetakchi ekspertlari markazimizga tashrif buyuradi

Gustave Roussy International Uzbekistan’da ko‘krak bezi saratonini diagnostika qilish va davolash sohasidagi Xitoyning yetakchi mutaxassislari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkaziladi: taqdimot, davra suhbati va Markazning klinik bo‘linmalariga tashrif rejalashtirilgan.

Xitoyning ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha yetakchi ekspertlari markazimizga tashrif buyuradi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida — Gustave Roussy International Uzbekistan’da ko‘krak bezi saratonini diagnostika qilish va davolash sohasidagi Xitoyning yetakchi mutaxassislari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Delegatsiya tarkibidan Xitoy Milliy Onkologiya Markazi, Henan Cancer Hospital, Peking University Cancer Hospital Inner Mongolia Hospital hamda Xitoyning boshqa yetakchi tibbiyot muassasalari rahbarlari va professorlari o‘rin olgan. Tibbiy onkologiya, ko‘krak bezi jarrohligi va nur terapiyasi yo‘nalishlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etadi.

Uchrashuv dasturi

  • Professor Ma Fei tomonidan «Xitoyning ko‘krak bezi saratoniga qarshi milliy tashabbusi: sifat, standartlar va innovatsiyalar» mavzusida taqdimot;
  • O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratonining profilaktikasi, diagnostikasi va davolashining zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish;
  • O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda grant loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
  • davolash sifatini oshirish, shifokorlarni tayyorlash va klinik salohiyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati;
  • Markazning klinik bo‘linmalariga tashrif buyurish.

Uchrashuv davomida qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish, shifokorlar uchun ta’lim dasturlarini tashkil etish, ko‘krak bezi saratonini davolash sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish hamda ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni onkologik yordam amaliyotiga joriy etish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ladi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.