Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

14 Sen 2026

Markazda onkologik jarrohlikda zamonaviy texnologiyalar bo'yicha xalqaro mahorat darslari

2026-yil 14–18-sentabr kunlari Markazda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlariga bag'ishlangan xalqaro mahorat darslari o'tkaziladi; unda Turkiya Respublikasidan taklif etilgan mutaxassislar ishtirok etadi.

Markazda onkologik jarrohlikda zamonaviy texnologiyalar bo'yicha xalqaro mahorat darslari

2026-yil 14–18-sentabr kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlariga bag'ishlangan xalqaro mahorat darslari o'tkaziladi.

Dasturda Turkiya Respublikasidan taklif etilgan tajribali mutaxassislar ishtirok etadi:

  • Prof. Dr. Fatih Altintoprak
  • Dr. Emine Sena Cunuk

O'quv dasturi amaliy jarrohlik faoliyati va professional tajriba almashinuvini uyg'unlashtirgan holda, zamonaviy jarrohlik yondashuvlarini o'rganish hamda murakkab operatsiyalarni bajarish texnikasini takomillashtirishga qaratilgan.

Dastur doirasida quyidagi yo'nalishlarda jarrohlik amaliyotlari va mahorat darslari o'tkaziladi:

  • Gepatopankreatoduodenal jarrohlik — jigar, oshqozon osti bezi va o'n ikki barmoq ichakda bajariladigan murakkab amaliyotlar.
  • Sut bezi jarrohligi — sut bezi kasalliklarini davolash doirasidagi zamonaviy jarrohlik aralashuvlari.
  • Kam invaziv laparoskopik jarrohlik — kichik kesmalar orqali bajariladigan zamonaviy operatsion texnologiyalar.

Hamkorlikdagi faoliyat davomida operatsiyalarning asosiy bosqichlari, ularni bajarishning texnik xususiyatlari, murakkab klinik vaziyatlarda qaror qabul qilish va bemorlar xavfsizligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Bunday xalqaro ta'lim tadbirlari mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish hamda zamonaviy jarrohlik yondashuvlarini kundalik klinik amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar