Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

11 Sen 2026

Markaz va AID International Doctors Association hamkorlikni muhokama qildi

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida markaz va AID International Doctors Association vakillari uchrashdi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, shoshilinch tibbiy yordam, kadrlar malakasini oshirish va qo'shma loyihalar muhokama qilindi.

Markaz va AID International Doctors Association hamkorlikni muhokama qildi

Xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda AID International Doctors Association (AID) vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida tomonlar o'z tashkilotlarining asosiy faoliyat yo'nalishlari, xalqaro tajribasi hamda mavjud imkoniyatlari haqida ma'lumot berdilar.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish va ularga javob choralarini ko'rish, shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda professional tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. AID International Doctors Association tomonidan tashkilotning favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha xalqaro tajribasi, shuningdek, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan Emergency Medical Team (EMT) Type 1 Fixed sifatida rasmiy verifikatsiya qilingani haqida ma'lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirib, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, tibbiyot xodimlari uchun o'quv va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, treninglar o'tkazish, tajriba almashish hamda boshqa qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqishga kelishib oldilar. Tomonlar kelgusida aniq hamkorlik yo'nalishlarini belgilash va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida ishchi muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar