Ilmiy kengash
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam kо‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 oktabrdagi 826-son qaroriga asosan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida Ilmiy kengash о‘z faoliyatini yuritadi.
Markazda Markazning 37 yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat bо‘lgan Ilmiy kengash tashkil etilgan.
Ilmiy kengash majlislari har oyda о‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy kо‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vazifalaridan biri bu:
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab
chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlari
rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
