(Ambulator kimyoterapiya)

4.Nazorat va xavfsizlik
· Har bir kursdan oldin: qon tahlillari topshiriladi va shifokor ko‘rigidan o‘tiladi.
· Yuborilgandan so‘ng: qisqa muddatli kuzatuv (odatda 30–60 daqiqa).
· Bemorga quyidagilar taqdim etiladi: dorilarni qabul qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar, nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelganda tavsiyalar va shoshilinch aloqa uchun kontaktlar.
5. Afzalliklari:
· Shifoxonaga yotishning hojati yo‘qligi.
· Psixologik stressning kamligi
· Odatdagi turmush tarzini saqlab qolish.
· Shifoxona ichki infeksiyalarini yuqtirish xavfining kamayishi.
6. Cheklovlar va xavflar:
· Umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan bemorlarga mos kelmaydi.
· Bemordan yuqori intizom talab etiladi.
· Uy sharoitida kechikkan nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.4
Ambulator kimyoterapiya — bu o‘simtaga qarshi davolash usuli bo‘lib, unda bemor muolajalarni kunduzgi statsionar sharoitida oladi
1. O‘tkazish sharoitlari
· Onkomarkazning kunduzgi statsionarida o‘tkaziladi.
· O‘rin-joy fondi: kimyoterapiya uchun 66 ta kreslo va 14 ta yotoq joyi.
· Kecha-kunduzlik kuzatuvni talab qilmaydi.
· Muolaja davomiyligi — 30 daqiqadan bir necha soatgacha.
2. Preparatlarni yuborish usullari
· Vena ichiga (tomchilab yoki bolyus holida).
· Peroral (tabletka ko‘rinishida)
· Vena porti yoki kateter orqali (uzoq muddatli davolanishda).
3. Ko‘rsatmalar Kimyoterapiya ambulator sharoitda o‘tkaziladi, agar:
· Bemorning ahvoli barqaror bo‘lsa.
· Doimiy monitoringga ehtiyoj bo‘lmasa.
· Kutilayotgan nojo‘ya ta’sirlar o‘rtacha darajada bo‘lsa.
· Bemor uy sharoitida tavsiyalarga amal qila olsa.
