Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi haqida ma'lumot
Respublika onkologiya ilmiy markazi (O‘zR ) 1962 yilda O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O`zbekiston onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan
2017 yildan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Filiallar soni- 14 ta.
Umumiy er maydoni: 5,3 gektar
666 ta stasionar va 100 ta ambulator kimyoterapiya yotoqlari boʻlgan aholiga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish markazi hisoblanadi.
Quvvati 2 500 qatnov, tibbiyt xodimlari soni 1250 nafar shundan 300 nafari shifokor 950 nafar hamshira.
Yiliga 6 mingta (onkoxirurgik, kaminvaziv, angioxirurgik, radioxirurgik, neyroxirurgik, rekonstruktiv-tiklash, suyak kumigi transplantasiyasi) yuqori texnologik operasiyalar amalga oshiriladi.
18 ta klinik bo`limlari va 17 ta yuqori tehnologik zamonaviy tibbiy uskinalar bilan jixozlangan jarrohlik xonalari mavjud.
Stasionar sharoitda intervension radiologiya, me'da ichak tizimi, ayollar reproduktiv tizimi, urologiya, bosh-buyin, neyroxirurgiya, tayanch-xarakat va nafas olish tizimi oʻsmalarida diagnostika va davolashni yuqori samarador usullari qoʻllaniladi. Markazda yuqori dozali ximioterapiya, endoarterial ximioembolizasiya va selektiv ximioterapiya oʻtqaziladi. Yadro tibbiyoti diagnostikasi va davolash (radiofarm preparatlar) usullari qoʻllaniladi. Oʻta aniq nur terapiyasi va kontakt (braxiterapiya) qoʻllaniladi. Molekulyar genetik, eksperemental, immunogistoximik laboratoriyalar fa'oliyat koʻrsatadi. Markazning ilmiy salohiyati 51% tashkil etadi.
