Onkoabdominal bо‘limi
Bo‘lim nomi: Onkoabdominal
Bo‘lim rahbari: Jo‘rayev Mirjalol Dehqonovich t.f.d. oliy toifali shifokor
Bo‘lim mudiri:Xudoyorov Sanjar Sarvarovich, t.f.d. oliy toifali shifokor
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Mazkur bo‘limda meda taloq qorin boshligi va qorin parda orti soxasi o‘sma kasalliklarini zamonaviy tashxishlash ochiq va laparoskopik aparatlar yordamida zamonaviy davolash usullari amalga oshiriladi
Bajariladigan operatsiyalar turlari:
-Kengaytirilgan gastroektomiya.
-Kengaytirilgan kombinirlashtirilgan gastroektomiya
-Medaning distal subtotal rezeksiyasi
-Medaning proksimal rezeksiyasi
-Kardioezofagial Gerlok operatsiyasi
-Splenoektomiya
-Qorin bo‘shligi va qorin parda orti soxasi o‘smalarini olish
Zamonaviy texnologiyalar:
-Laparoskopik va endoskopik jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
– mahalliy tarqalgan meda saratonida uzoq muddatli regionar va selektiv endovaskulyar ximiyaterapiya usullari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi
O‘rinlar soni: 33 o‘rin
Yillik ko‘rsatkichlar: bir yilda 250 dan ortiq ushbu vakalizatsiyalar boyicha zamonaviy jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi. Grant loyihasi boyicha har yili 100 ortiq mahalliy tarqalgan meda saratonida neadyuvant ximiyaterapiya o‘tkizish xisobiga o‘smani no rezektabil holatidan rezektabil xolatiga o‘tkizilib turli xajmdagi radikal amaliyotlar bajariladi shulardan 25 % azo saqlovchi operatsiyalar turkumiga kiradi.
Ilmiy va o‘quv faoliyati:
Bo‘limda markaz klinik ordinatorlari va yosh shifokorlar uchun xar hafta 1 marotaba bo‘lim rahbari va mudiri tomonidan bolim mavzusiga mos ravishda maruzalar o‘qilinadi va ushbu maruzalar amaliyot vaqtida alohida ko‘rsatilib olingan teoretik bilimlari asoslanadi 2025 yilda bo‘lim rahbari tomonidan 12.14. iyun 2025 yil baku shahrida turkiy mamlakatlar kongresida, 18.19 2025 yilda Toshkent shahrida S.N.G va yevro osiyo mamlakatlari onkologlari ishtirokida o‘tilgan 5 siezda maruza qilindi. Bo‘lim mudiri tomonidan ham xuddi shu siezda maruza qilingan. Bo‘lim rahbari qo‘l ostida 2025 yilda 2 nafar fan doktori 4 nafar fan nomzodi kandidatlik disertatsiyasini ximoya qildi.
