Palliativ davolash bo‘limi


Bo‘lim nomi: Palliativ davolash bo‘limi

Bo‘lim mudiri: Ziyayev Yaxyo Fazliddinovich. Bo’lim mudiri

ASOSIY YO‘NALISHLAR:
Bo‘limda IV bosqichdagi onkologik bemorlarga faol maxsus davolash amalga oshiriladi. Davolashning asosiy maqsadi:
– o‘sma jarayonini nazorat qilish,
– kasallikning progessiyasini sekinlashtirish,
– hayotni uzaytirish,
– og‘riq va asoratlarni kamaytirish,
– bemorning hayot sifatini saqlab qolish va yaxshilash.
Bo‘limda palliativ kimyoterapiya (PXT), target va immunoterapiya hamda palliativ jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR:
– Statsionar sharoitda palliativ kimyoterapiya (PXT);
– Palliativ jarrohlik amaliyotlari:
– Og‘riq sindromini farmakologik nazorat qilish;
– Simptomatik va patogenetik davolash;
– Infuzion va detoksikatsion terapiya;
– Qo‘llab-quvvatlovchi davolash;
– Psixologik yordam.
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR:
– Xalqaro klinik protokollar (ESMO, NCCN) asosida palliativ faol davolash;
– Individual davolash rejalarini tuzish;
– Multidisiplinar yondashuv (onkolog, jarroh, anesteziolog, reanimatolog);
– Davolash samaradorligini doimiy baholab borish.

O‘RINLAR SONI:
33 o‘rin

YILLIK KO‘RSATKICHLAR:
Yiliga o‘rtacha 1100–1500 nafar IV bosqich bemorlarga palliativ kimyoterapiya, jarrohlik va qo‘llab-quvvatlovchi maxsus davolash ko‘rsatiladi.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOT:
Bo‘lim bemorlarni xalqaro klinik protokollar asosida faol onkologik davolash yo‘nalishida olib boradi. Terapevtik strategiyalar o‘sma jarayonini nazorat qilish, kasallikning kechishini sekinlashtirish, hayot sifatini saqlash va bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan.

Davolash jarayonida qo‘llab‑quvvatlovchi terapiya, og‘riqni boshqarish, ozuqaviy yordam, psixologik qo‘llab‑quvvatlash va ijtimoiy moslashuv choralariga alohida e’tibor qaratiladi. Bemorlarga individual yondashuv tamoyillari asosida, multidisiplinar konsilium ishtirokida davolash qarorlari qabul qilinadi.

Shuningdek, bo‘lim hududiy onkologik muassasalar bilan uzluksiz hamkorlikda ishlaydi, bemorlar uchun davolashning izchilligi va davomiyligini ta’minlaydi. Zarurat bo‘lgan hollarda yuqori texnologik diagnostika yoki qo‘shimcha davolash uchun ixtisoslashgan markazlar bilan yo‘naltirish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi — bemorlarning hayot sifati va davomiyligini yaxshilash, ularni jismoniy, ruhiy va ijtimoiy qo‘llab‑quvvatlash orqali tibbiy yordamning holistik yondashuvini ta’minlashdir.

Palliativ davolash bo‘limi