Minimal invaziv jarrohlik bo‘limi
Bo‘lim mudiri:
Rahimov Oqiljon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
Bo’lim zamonaviy minimal invaziv – videolaparoskopik jarrohlik davolash usullaridan foydalangan holda qorin bo’shlig’i va tos a’zolarining xavfli va xavfsizli kasalliklarini diagnostika va davolashga ixtisoslashgan.
Bajariladigan operatsiyalar turlari:
Qorin bo’shlig’I va kichik toz a’zolarda laparoskopik va ochiq amaliyotlar.
Zamonaviy texnologiyalar:
laparoskopik radikal amaliyotlar, laparoskopiya yordamida qorin bo’shlig’I a’zolardan turli hil biopsiyalar, operatsiyalarni dunyo standartlarga mos va zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniladi.
O‘rinlar soni:
33 o‘rin
Yillik ko‘rsatkichlar:
Yiliga 300 dan ortiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shundan 90% dan ortig‘i – laparoskopik yoki a’zoni saqlovchi yo‘nalishdagi operatsiyalar.
Ilmiy va o‘quv faoliyati:
Bo‘lim mutaxassislari barcha onkologiya yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi, xorijiy va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi, yosh jarrohlar uchun o‘quv amaliyotlarini tashkil etadi.
