Inson qadrini ulug‘lash – eng oliy saodat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi «ochiq muloqoti» da berilgan topshiriqlarni xamda F-33 sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash «yo’l xaritasi»da berilgan topshiriqlarni sifatli bajarish bemorlarga qulaylik yaratish, yuqori texnologik operatsiyalarni tumanlarda o’tkazish, fuqarolarning o’z yashash xududida tibbiy ko’riklar tashkil etish, o’z yashash xududida davolanishiga ko’maklashish maqsadida, joriy 2022 yil 10 avgust kuni Oqdaryo Tuman Tibbiyot Birlashmasi jarroxlik bo’limida bemor K.J. 20 yoshda «o’ng qovurg’a yoyi soxasi yumshoq to’qima xavfli o’smasi» tashxisi bilan “O’ng tomonlama qovurg’a yoyi yumshoq to’qima o’smasini kesib olish 8-qovurg’a rezeksiyasi” amaliyoti bajarildi.
Amaliyot RIO va RIATM Samarqand filiali onkojarroxi A.B.Babadjanov va tuman jarroxlari bilan birgalikda Oqdaryo TTB jarroxlik bo’limida muvaffaqiyatli o’tkazildi.
Bemor o’zini 4 oydan buyon kasal xisoblaydi, kasalligini travma bilan bog’laydi. Kasalligi bo’yicha TTB ga murojaat qilgan tekshiruv xulosasiga ko’ra bemor RIO va RIATM Samarqand filialiga yuborilgan. RIO va RIATM Samarqand filialida onkojarrox ko’rigidan so’ng operativ davo tavsiya qilingan va amaliy yordam sifatida yashash joyida TTBda amaliyot bajarildi. Bemor xozirda o’zini yaxshi his qilmoqda.
Operatsiya yuqori texnologik yo’l bilan bajarildi, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi, xozirda bemor Oqdaryo TTBda davo muolajalarini davom ettirmoqda.

https://t.me/cancercenteruz

Cancercenter.uz

Вернуться назад