DIAGNOSTIKA BO‘LIMI

c52e4757028d3b5254c6db0fc7d1a38f

Bo‘lim mudiri: Hazratov Sh.M.

Asosiy yo‘nalish: Bo‘limda zamonaviy tibbiy vizualizatsiya usullari yordamida turli kasalliklarni erta aniqlash, differensial tashxislash, kasallik bosqichini baholash hamda davolash samaradorligini monitoring qilish amalga oshiriladi.

Asosiy tadqiqot va diagnostika turlari: 

• Kompyuter tomografiya (KT) yordamida ichki a’zolar, suyak-tayanch tizimi va yumshoq to‘qimalar patologiyalarini aniqlash
• Magnit-rezonans tomografiya (MRT) yordamida markaziy asab tizimi, bo‘g‘imlar, yumshoq to‘qimalar va parenximatoz a’zolarni yuqori aniqlikda tekshirish
• Ultrasonografiya (UZI) va dopplerografiya yordamida a’zolar tuzilishi va qon oqimini baholash
• Kontrast moddalar qo‘llagan holda dinamik va funksional vizualizatsiya tadqiqotlari
• Onkologik kasalliklarda o‘smaning lokalizatsiyasi, hajmi, invaziyasi va metastazlarini aniqlash
• Davolash jarayonida va operatsiyadan keyingi nazorat tekshiruvlari

Texnik jihozlanish:
• 2 ta ko‘p kesimli zamonaviy kompyuter tomograflar (MSKT)
• 2 ta yuqori maydonli magnit-rezonans tomografiya (1.5T  MRT) apparatlari
• 10 ta zamonaviy ultratovush diagnostika (UZI) va rangli doppler apparatlari
• Kontrast tadqiqotlar uchun maxsus injektor tizimlari
• Tasvirlarni arxivlash va tahlil qilish uchun PACS  tizimlari

Yillik yuklama: Yiliga o‘rtacha 10 000 dan ortiq turli tibbiy vizualizatsiya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Davolash jarayonidagi o‘rni: Tibbiy vizualizatsiya bo‘limi onkologiya markazining barcha klinik bo‘limlari bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritadi. O‘tkazilgan tekshiruvlar bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, davolash taktikasini tanlash, jarrohlik aralashuvlarini rejalashtirish va davolash samaradorligini baholashda muhim ahamiyatga ega.