Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

13 Avg 2026

Professor Brayan Tyudor ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratoni bo'yicha seminar o'tkazdi

AQSh mutaxassisi professor Brayan P. Tyudor 6-12-avgust kunlari ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratonini tashxislash va davolash bo'yicha ilmiy-amaliy seminar o'tkazdi, 13-14-avgust kunlari esa Markazning Xorazm filialiga tashrif buyurdi.

Professor Brayan Tyudor ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratoni bo'yicha seminar o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasida ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratonini tashxislash hamda davolash sifatini oshirish loyihasi doirasida xalqaro mutaxassis-ekspert, professor Brayan P. Tyudor (Brian P. Tudor, MD, AQSh) ishtirokida 6, 7, 10, 11 va 12-avgust kunlari ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.

Seminar doirasida muhokama qilindi

  • ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratonini zamonaviy tashxislash, bosqichlash va davolash;
  • klinik holatlarni xalqaro ekspert ishtirokida tahlil qilish;
  • multidisiplinar jamoa faoliyatini takomillashtirish;
  • mammografiya, patomorfologik va nurli diagnostika, dori vositalari bilan davolash hamda nur terapiyasi;
  • bemorlarni yo'naltirish va klinik bo'linmalar o'rtasidagi hamkorlik;
  • xalqaro klinik tavsiyalar va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish.

13-14-avgust kunlari professor Tyudor boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Markazning Xorazm filialiga tashrif buyurishdi va filialning klinik hamda diagnostik bo'linmalari, hududda onkologik yordam ko'rsatish tizimi bilan tanishdilar. Onkoxirurglar, onkomammologlar, onkoginekologlar, kimyoterapevtlar, radiologlar va patomorfologlar ishtirokida multidisiplinar konsilium (MDT) yig'ilishlari o'tkazilib, tashxislash, bosqichlash va davolash bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar