Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan
Menyu · Maxsus imkoniyatlar
JShShIR (PINFL) yoki pasportingiz va telefoningiz kerak boʻladi.

Read this site in English?

Switch

Saytti qaraqalpaq tilinde oqıysız ba?

Awıstırıw

Читать сайт на русском?

Переключить

Сайтты қазақ тілінде оқисыз ба?

Ауыстыру

Bu siteyi Türkçe okumak ister misiniz?

Değiştir

Lire ce site en français ?

Changer

هل تريد قراءة هذا الموقع بالعربية؟

تبديل

Shoshilinch holatmi? Qoʻngʻiroq qiling: 103

Nima qilish kerak

07 Avg 2026

Navoiy filiali mutaxassislari tuman tibbiyot birlashmalarida amaliy tashrifda

Markazning Navoiy viloyati filiali yetakchi mutaxassislari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va skriningni kuchaytirish maqsadida Tomdi, Uchquduq, Zarafshon va Qiziltepa tibbiyot birlashmalarida amaliy-uslubiy tashriflar o'tkazdi.

Navoiy filiali mutaxassislari tuman tibbiyot birlashmalarida amaliy tashrifda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-402 va PQ-5130-son qarorlari ijrosini ta'minlash, onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimini takomillashtirish va skrining dasturlari samaradorligini oshirish maqsadida Markazning Navoiy viloyati filiali yetakchi mutaxassislari Tomdi, Uchquduq va Zarafshon tibbiyot birlashmalarida hamda Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasida amaliy-uslubiy tashriflar amalga oshirdilar.

Hududlardagi shifokorlar va o'rta tibbiyot xodimlari ishtirokida o'quv-amaliy seminarlar tashkil etilib, onkologik kasalliklarning erta belgilari, xavf omillari, aholini skrining tekshiruvlariga keng jalb etish, bemorlarni to'g'ri saralash va ixtisoslashtirilgan davolash muassasalariga o'z vaqtida yo'llanma berish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan bemorlar chuqurlashtirilgan ko'rikdan o'tkazilib, murakkab klinik holatlar konsilium tartibida ko'rib chiqildi va keyingi davolash taktikasi belgilab berildi.

Bunday tashriflar hududlarda onkologik hushyorlikni oshirish, skrining dasturlari qamrovini kengaytirish va aholiga ko'rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar

Cookie-lar saytni xavfsiz saqlaydi; roziligingiz bilan analitik cookie-lardan ham foydalanamiz.

Sozlamalar