Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

Gustave Roussy International Uzbekistan

23 Okt 2026

O'zbekiston onkologlari ESMO Congress 2026 xalqaro anjumanida

2026-yil 23-oktabr kuni Ispaniyaning Madrid shahrida tibbiy onkologiya sohasidagi eng nufuzli xalqaro anjumanlardan biri — ESMO Congress 2026 ish boshladi. Markazimizning Gustave Roussy International Uzbekistan delegatsiyasi ham anjumanda ishtirok etmoqda.

O'zbekiston onkologlari ESMO Congress 2026 xalqaro anjumanida

2026-yil 23-oktabr kuni Ispaniyaning Madrid shahrida tibbiy onkologiya sohasidagi eng nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlardan biri — ESMO Congress 2026 o'z ishini boshladi. Kongressda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Gustave Roussy International Uzbekistan delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Delegatsiyamiz tarkibida markazimizning professorlari, direktor o'rinbosarlari, yetakchi mutaxassislari, shuningdek, yosh va istiqbolli tibbiy onkologlar ishtirok etmoqda.

Bugungi kunning yo'nalishlari

Kongressning birinchi kunida zamonaviy onkologiyaning dolzarb masalalariga bag'ishlangan sessiyalar o'rin oldi:

  • immunoterapiya;
  • molekulyar maqsadli davolash;
  • individual yondashuvga asoslangan onkologik davolash usullari;
  • mRNK vaksinalari;
  • turli xavfli o'smalarni davolashdagi yangi ilmiy yutuqlar.

Ayniqsa, o'smalarning molekulyar xususiyatlariga asoslanib, ularning qaysi a'zoda paydo bo'lganidan qat'i nazar qo'llaniladigan davolash usullari (tumour-agnostic therapy) hamda shaxsiylashtirilgan saratonga qarshi vaksinalar katta qiziqish uyg'otmoqda. Bunday yondashuvlar davolashni o'smaning joylashuviga emas, balki uning genetik va molekulyar xususiyatlariga asoslanib tanlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Ushbu xalqaro platforma dunyoning yetakchi onkologlari bilan tajriba almashish, zamonaviy davolash standartlari bilan tanishish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Ertangi kun — 24-oktabr

Delegatsiyamiz ESMO kongressining navbatdagi ilmiy sessiyalarida, jumladan, yangi klinik tadqiqotlar natijalari taqdim etiladigan Presidential Symposium I dasturida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Sessiyaning eng muhim ilmiy yangiliklaridan biri — INTerpath-001 (III faza) klinik tadqiqoti. Unda jarrohlik yo'li bilan olib tashlangan IIB–IV bosqich melanomada bemorning o'smasiga xos mutatsiyalar asosida tayyorlangan individual mRNK neoantigen terapiyasi (intismeran autogene) va pembrolizumab kombinatsiyasi pembrolizumab monoterapiyasi bilan taqqoslanmoqda.

DeLLphi-305 (III faza) tadqiqotida esa keng tarqalgan mayda hujayrali o'pka saratonida birinchi qator davolashdan keyingi qo'llab-quvvatlovchi terapiya sifatida tarlatamab va durvalumab kombinatsiyasi samaradorligi o'rganilmoqda.

Shuningdek, ertaga Fransiyaning Gustave Roussy onkologiya markazi bilan bog'liq 5th Gustave Roussy Alumni Reunion xalqaro uchrashuvida qatnashish rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuv xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va istiqboldagi qo'shma loyihalar uchun muhim imkoniyatdir.

Maqsadimiz

Asosiy maqsadimiz — dunyo onkologiyasidagi ilg'or bilim va innovatsiyalarni o'rganish, ularni O'zbekiston amaliyotiga bosqichma-bosqich tatbiq etish hamda mamlakatimizda onkologik yordam sifatini yanada oshirish. O'zbekiston onkologiyasining kelajagi — ilm-fan, xalqaro hamkorlik va yosh mutaxassislar salohiyatidadir.

Galereya

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.