Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

17 Okt 2026

O‘zbekistonlik mutaxassislar Gustave Roussyda xalqaro stajirovkani yakunladi

O‘zbekistonlik tibbiy onkologlar va molekulyar diagnostika yo‘nalishidagi tibbiy biolog 2026-yil 5–16-oktabr kunlari Fransiyadagi Gustave Roussyda klinik va laborator stajirovkada ishtirok etib, sertifikatlar olishdi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar Gustave Roussyda xalqaro stajirovkani yakunladi

O‘zbekistonlik mutaxassislar — tibbiy onkologlar hamda molekulyar diagnostika yo‘nalishidagi tibbiy biolog — 2026-yil 5–16-oktabr kunlari Fransiyaning yetakchi onkologiya markazlaridan biri bo‘lgan Gustave Roussyda o‘quv-amaliy stajirovka dasturida ishtirok etdi.

Stajirovka davomida ular markazning klinik va laborator faoliyati, patomorfologiya, molekulyar va genetik diagnostika jarayonlari, onkologik bemorlarni boshqarish tizimi hamda multidisiplinar yondashuv bilan yaqindan tanishdi.

Dastur bir qancha muhim yo‘nalishni qamrab oldi:

  • gastrointestinal, ginekologik va torakal onkologiya
  • sarkomalar
  • gematologiya
  • radiatsion onkologiya
  • molekulyar diagnostika va Precision Medicine

Mutaxassislar, shuningdek, turli yo‘nalishlardagi MDT (multidisiplinar konsilium) yig‘ilishlarida qatnashib, klinik holatlarni muhokama qilishda ishtirok etdi.

Gustave Roussyning Tibbiy biologiya va patologiya departamenti rahbari professor Cécile Badoual boshchiligida ular laboratoriya va patomorfologiya xizmati faoliyati, jumladan laborator diagnostika jarayonlari, namunalarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash tizimi hamda molekulyar va genetik tekshiruvlarning tashkil etilishi bilan tanishdi. Sarkomalar bo‘yicha MDT yig‘ilishida esa multidisiplinar jamoa qisqa vaqt ichida ko‘plab klinik holatlarni qanday muhokama qilishini kuzatishdi.

Dastur davomida mutaxassislar Gustave Roussy bosh direktori professor Fabrice Barlesi, shuningdek, markazning turli yo‘nalishlaridagi yetakchi professor va mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Stajirovkaning asosiy maqsadi — zamonaviy onkologik yordamni tashkil etish, molekulyar diagnostika, Precision Medicine hamda multidisiplinar yondashuv bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va kelgusida ushbu tajribani O‘zbekiston onkologiya amaliyotiga tatbiq etishdan iborat.

Mutaxassislarimiz stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlar olishdi.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.