Oʻzbekiston Onkologiya Markazi HECH QACHON telefon orqali pul oʻtkazishni soʻramaydi. Toʻlovni faqat kassada amalga oshiring va har doim chek oling. Shubha tugʻilsa, 24/7 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qiling: 1303. Korrupsiyaga qarshi kurashish →

05 Okt 2026

O‘zbekistonda ilk bor — kolorektal saratonni erta aniqlash bo‘yicha milliy dastur

O‘zbekiston Onkologlar Assotsiatsiyasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi kolorektal saratonni erta aniqlashga bag‘ishlangan xalqaro ta’lim dasturini boshladi. Dastur doirasida AQSh, Buyuk Britaniya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirokida kolonoskopiya bo‘yicha amaliy mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor — kolorektal saratonni erta aniqlash bo‘yicha milliy dastur

O‘zbekistonda ilk bor kolorektal saratonni erta aniqlash bo‘yicha milliy dastur boshlandi. O‘zbekiston Onkologlar Assotsiatsiyasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi kolorektal saratonni erta aniqlashga bag‘ishlangan xalqaro ta’lim dasturini o‘tkazmoqda.

Dastur doirasida AQSh, Buyuk Britaniya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirokida kolonoskopiya bo‘yicha amaliy mahorat darslari, ilmiy seminarlar va klinik muhokamalar o‘tkaziladi.

Xalqaro mutaxassislar jamoasi

  • Anne Liu
  • Pranay Sinha
  • Davis Harnett
  • Nilufar Qahorova
  • Jacob Dockterman
  • Selvin Marroquin

Maqsad

Dasturning asosiy maqsadi — kolorektal saratonni erta aniqlash samaradorligini oshirish, zamonaviy kolonoskopiya texnikalarini amaliyotga joriy etish va mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat.

Mahorat darslarida alohida e’tibor qaratiladigan masalalar

  • zamonaviy kolonoskopiya texnikasi
  • yo‘g‘on ichakni sifatli va to‘liq ko‘zdan kechirish
  • poliplar va erta neoplastik o‘zgarishlarni aniqlash
  • shubhali hosilalarni baholash
  • endoskopik tekshiruv sifatini oshirish
  • murakkab klinik holatlarni xalqaro ekspertlar bilan muhokama qilish

Ishtirokchilar zamonaviy xalqaro yondashuvlar bilan tanishish, xorijiy ekspertlar bilan bevosita tajriba almashish hamda kundalik klinik amaliyot uchun zarur yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘tkazilish sanalari va joylari

  • 5–6-oktabr, Toshkent shahri: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi
  • 8–9-oktabr, Andijon shahri

Ishtirok etishga taklif etiladi

  • endoskopistlar
  • koloproktologlar
  • onkologlar
  • gastroenterologlar
  • jarrohlar
  • patomorfologlar
  • kolorektal kasalliklarni tashxislash va davolash bilan shug‘ullanuvchi boshqa mutaxassislar

Hamkor tashkilotlar

  • Dana-Farber Cancer Institute
  • Brigham and Women’s Hospital

Kolonoskopiya — kolorektal saratonni erta aniqlashning muhim vositasi. Zamonaviy texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar va xalqaro tajriba — samarali profilaktika hamda o‘z vaqtida tashxis sari muhim qadamdir.

Tibbiy ma'lumot bo'yicha eslatma

Saytdagi ma'lumot bemorlarni yo'naltirish uchun beriladi. U shifokor maslahati, tashxis, davolash qarori yoki shoshilinch yordam o'rnini bosmaydi.

Kontaktlar
Fikr-mulohaza

Biz cookie-fayllardan foydalanamiz

Saytni xavfsiz ishga tushirish uchun ba'zi cookie-fayllar zarur. Sizning ruxsatingiz bilan biz saytdan qanday foydalanilayotganini tushunish va uni yaxshilash uchun analitik cookie-fayllardan ham foydalanmoqchimiz. Siz buni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz, va tanlovingizni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.